Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi - "Liverpul" hujumchisi

Senegal terma jamoasi va "Liverpul" forvardi Sadio Mane faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

.
- Yuklab olish

27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi rahbariyati Maneni yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.

Xabar qilinishicha, "Liverpul" joriy yilda Mane bilan xayrlashishga tayyor emas, faqatgina "Real"ning 140 million funt sterlinglik taklifi ingliz klubini aksincha ish tutishga majbur qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Mane "Liverpul"ga 2016 yilda "Sautgempton"dan o'tgan edi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Qayd etish kerakki, Manega "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Senegallik futbolchi joriy mavsum APLda 26ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.

BestMaster
16 Mart 2020, 13:30
realning, yozdagi, asosiy, transfer, maqsadi, liverpul, hujumchisi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зур
16 Mart 2020, 21:28
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads