Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga to'xtatilsa, kim chempion bo'ladi?

La liganing ushbu mavsumi to'xtatib qo'yilsa, Ispaniya chempionati reglamentida qaysi jamoa chempionlikni qo'lga kiritishi belgilab qo'yilgan.

.
- Yuklab olish

La liganing ushbu mavsumi to'xtatib qo'yilsa, Ispaniya chempionati reglamentida qaysi jamoa chempionlikni qo'lga kiritishi belgilab qo'yilgan.

Mavsumning 2/3 qismi o'tkazilgan bo'lsa, mavsum to'laqonli o'tkazilgan hisoblanadi. Hozirda 27ta turi, ya'ni 71 foizi bo'lib o'tgan.

Reglamentga ko'ra, bunday holatda chempionlikni aniqlash mas'uliyati La liga ixtiyorida qoladi. Chempionat to'xtatilgan vaziyatda qaysi jamoa peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, o'sha klub chempion sifatida tan olinadi. Lekin Liga o'z qarori borasida Ispaniya futbol federatsiyasi roziligini olish kerak bo'ladi.

Hozirda Ispaniya chempionatida «Barselona» 58 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, «Real» undan 2 ochko ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, La liganing navbatdagi 2ta tur o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkazilishi haqida qaror qabul qilingan.

BestMaster
12 Mart 2020, 15:30
liga, toxtatilsa, chempion, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads