Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rubi: “La Liga peshqadamini har kuni ham mag'lub etavermaysan”

“Betis” bosh murabbiyi Rubi La Liga 27-turi doirasida jamoasining peshqadam “Real” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

“Bu g'alaba “Betis” va men uchun uch ochkodan ham qadrliroqdir. CHunki so'nggi paytlarda biz chempionatda yaxshi   ishtirok eta olmayotgandik. Qolaversa, chempionat etakchisini har kuni ham mag'lub etavermaysan. Bugun omadli kun, jamoa shunga loyiq.

O'yin oxirida biz sabrli bo'ldik, qolaversa natija ham adolatli bo'ldi. “Betis” bundanda ko'prog'iga loyiq, ammo yaqindagina o'tkazgan bir qator o'yinlarda shunchaki omadimiz kelmagandi. SHunday kunlar bo'ladiki, o'yinda qilingan o'zgarish foyda beradi yoki aksincha. Bu murabbiyga bog'liq holat emas.

Biz “Real”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik, barcha rejalarimiz ish berdi. G'alaba keyingi haftada “Sevilya”ga qarshi o'tadigan derbiga xush kayfiyatda tayyorgarlik ko'rish imkonini berdi. Derbida kuchli raqibga qarshi og'ir “jang” kechishini bilamiz.

Eslatib o'tamiz,  ushbu mag'lubiyatdan keyin “Real” 56 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o'ringa tushib qoldi, “Barselona” esa “Sosedad”ni taslim etib (1:0), 58 ochko bilan birinchi pog'onaga ko'tarildi.

BestMaster
10 Mart 2020, 00:45
“la, liga, peshqadamini, kuni, maglub, etavermaysan”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads