Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatmadik»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Betis»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Betis»ga qarshi o'yin (1:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Yomon o'yin ko'rsatdik. Na birinchi bo'limda, na ikkinchi taymda raqibdan ustun bo'la oldik. Ko'p xato qildik, to'pni ko'p yo'qotdik. O'z darajangda o'ynamasang, muammolarga duch kelasan.

Bugun bizga ko'p narsa etishmadi. Bu bizning ushbu mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. Kuch, to'p nazorati va tajovuzkorlik etishmadi. Bu yomon kun, bunaqasi bo'lib turadi. Mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Bu mag'lubiyat uchun aqldan ozish kerak emas. Lekin xursand ham bo'la olmaymiz.

O'yinga kirishib ketishimiz qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda yomon boshlash mumkin, lekin vaziyatni o'nglash uchun 45 daqiqa imkoniyat bo'ladi, ammo bundan foydalana olmadik. Bo'lib o'tgan ishning izohi yo'q.

Biz kurashda davom etamiz. Echim bor. Hozircha yaxshi mavsumni o'tkazyapmiz. Yaxshi va yomon vaziyatlar bo'ldi, ammo biz bundan chiqib ketamiz. Biz g'alabaga munosib o'yin ko'rsatmadik. Barchasini tahlil qilishimiz kerak.

O'n bitta o'yin qoldi va biz sovrin uchun kurashda davom etamiz. Lekin biz g'alaba qozonish uchun hech narsa qila olmadik. O'yinchilarga e'tirozim yo'q. Men oxirigacha ular bilanman. Mas'uliyatning barchasi mening zimmamda», – dedi Zidan.

BestMaster
9 Mart 2020, 08:30
zidan, «biz, galabaga, loyiq, oyin, korsatmadik»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads