Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» ikkinchi marta «Betis»ni mag'lub eta olmadi (videosharh)

Ispaniya chepionatining 27-turi doirasida «Real» safarda «Betis» klubi mehmoni bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chepionatining 27-turi doirasida «Real» safarda «Betis» klubi mehmoni bo'ldi. Ketma-ket 6ta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayotgan andalusiyaliklar mavsum peshqadamini mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi.

O'yin davomida ancha dadil harakat qilgan mezbonlar bahsning 40-daqiqasiga kelib hisobni ochishdi. Sidney 12 metrlardan kuchli zarba bilan "to'qqizlik"ni nishonga oldi. Madridliklar esa birinchi bo'limning o'zida muvozanatni tiklashdi. Himoyachining ehtiyotsiz harakati tufayli jarima maydoni ichida Marselo yiqitildi. Benzemaning penaltidan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytara olmadi — 1:1.

Ikkinchi bo'limda ham "Betis" o'z tempini tushirmadi. 55-daqiqada Fekir va Kanales kombinatsiya orqali Xoakinni yakkama-yakka vaziyatga chiqarishdi. U Kurtuani aldab o'tdiyu, bo'sh qolgan darvozaga zarba berish o'rniga uzatma berishga qaror qildi. Ammo to'pni Modrich egallab oldi. Bahsning 70-daqiqasida "Real" ketma-ket 3ta zarba bilan to'pni darvozaga joylay olmadi: darvozabon, to'sin va noaniq zarba.

Uchrashuvning 82-daqiqasida esa Benzema maydon markazida bergan uzatmani Kristian Telo egallab oldi, katta tezlikdan himoyachilardan o'tib ketdi va aniq zarba bilan "Madrid" darvozasini zabt etdi.

O'yin so'ngida Zidan jamoasi hisobni tenglashtirish uchun 2ta imkoniyatga ega bo'ldi. Ammo Ramos va Benzema vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Shu tariqa, "el-klasiko"da g'alaba qozonib, birinchi o'ringa qaytgan "Real", bitta turdan keyinoq yana ikkinchi pog'onaga tushib qoldi. Qizig'i, "qaymoqranglilar" birinchi davrada ham ushbu raqib bilan o'yinda ochko yo'qotishgan edi (0:0).

Ispaniya La ligasi, 27-tur
BETIS – REAL MADRID - 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Sidney, 1:1 – 45+2, penalti Benzema, 2:1 – 82 Telo.
Betis – Robles, Sidney, Bartra, Moreno (Pedrasa, 77), Edgar Gonsales (Rodriges, 73), Emerson, Guardado, Xoakin (Telo, 66), Kanales, Fekir, Moron.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo (Mendi, 59), Varan, Militao, Modrich (Valverde, 79), Kroos (Mariano Dias, 69), Kazemiro, Vaskes, Vinisius Junior, Benzema.
Ogohlantirishlar: Marselo (55), Guardado (74).

BestMaster
9 Mart 2020, 06:30
liga, «real», ikkinchi, marta, «betis»ni, maglub, olmadi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads