Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Seten: “VAR tufayli g'alaba qozondik”

“Barselona” ustozi Kike Seten jamoasining La Liga 27-turi doirasida “Real Sosedad” (1:0) ustidan qozongan g'alabasiga to'xtaldi.

.
- Yuklab olish

“Bahs og'ir bo'lishini bilardik – raqib qatorasiga olti o'yindan buyon g'alaba qozonib kelayotgandi. Bu g'alabalarning biri “Bernabeu”da qo'lga kiritilgandi. “Real Sosedad” Ispaniya kubogi finalchisi, ular to'pni juda yaxshi nazorat qilishadi, tarkibda yaxshi futbolchilar jamlangan.

Agar alohida vaziyatlarni hisobga olmasak, biz to'pni o'z nazoratimizda saqlab turdik. Bazida bizning darvozamiz oldida muammolar yuzaga keldi, ammo biz ham raqib jarima maydonchasi ichida ko'plab xavfli hujumlarni tashkil etdik. “Barselona” VAR tizimi bois g'alaba qozondi. Penalti belgilangan vaziyat menga yaxshi ko'rinmadi, chunki zaxira o'rindig'i vaziyatdan ancha uzoqda joylashgan.

Yaqqol gol kiritiladigan vaziyat yaratish uchun sabr bilan hujum tashkil etish kerak. Bazida biz judayam shoshamiz va bu bizni mag'lubiyatga etaklaydi. Ammo raqib bizga bosim o'tkazib, oldinga o'tar ekan, ularda bo'sh zonalar paydo bo'ladi va biz bundan unumli foydalanishga urinamiz. Yanada yaxshiroq bo'lishga intilayapmiz, ammo bu oson ish emas.

Bizda kuchli va ruhan chiniqqan jamoa bor. Bu menga yoqadigan jihat. Biz og'ir o'yinda g'oliblikka erishdik va endi “Real”ni ham taslim etishimiz kerak”, deya Setenning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.

Baskliklarga qarshi bellashuvda “Barselona” hujumchisi Lionel Messining penaltidan kiritgan goli kataloniyaliklarga g'alaba keltirdi. O'sha vaziyatda to'p “Sosedad” himoyachisi Roben Le Normanning qo'liga tegdi. Hakam aniq qarorga kelish uchun VAR tizimiga murojaat qildi va vaziyatni qayta ko'rib chiqib, mehmonlar darvozasiga penalti belgilashga qaror qilgandi.

BestMaster
8 Mart 2020, 10:00
seten, “var, tufayli, galaba, qozondik”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads