Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sobiq hakam: “Vidal o'sha vaziyatda o'yinga qo'shilmadi. Bunday holatda bahsni to'xtatish mumkin emas”

Ispaniyalik sobiq hakam Barrenechea Montera “Barselona” – “Real Sosedad (1:0) uchrashuvini boshqargan Xuan Martines Munueraning qarorlariga izoh berib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniyalik sobiq hakam Barrenechea Montera “Barselona” – “Real Sosedad (1:0) uchrashuvini boshqargan Xuan Martines Munueraning qarorlariga izoh berib o'tdi.

Munuera uchrashuvning ikkinchi bo'limi oxirlarida VAR tizimi orqali vaziyatni qayta ko'rib chiqib, baskliklar himoyachisi Roben le Norman to'pni qo'li bilan o'ynagan deb topdi va mehmonlar darvozasiga 11-metrlik   jarima to'pi belgiladi. Ammo o'sha vaziyatga qadar to'p jarima maydonchasiga uzatilayotgan holatda ko'k-anorranglilar yarim himoyachisi Arturo Vidal o'yindan tashqari holatda qolgandek ko'ringandi.

“O'yinning ahamiyatidan kelib chiqsak, judayam kam “fol” qayd etildi. Bu hakamlarning yaxshi ishlaganidan darak beradi. Penalti belgilangan vaziyatda video assistent hakamga “Sosedad” futbolchisi jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynaganligi haqida xabar berdi va bu to'g'ri qaror edi. Har qanday holatdayam maydondagi hakam so'nggi qarorni qabul qiladi. Yakunda u to'g'ri qaror chiqardi.

Ayrimlar  o'sha vaziyatdan oldin Vidal ofsaydda qolgan edi degan fikrda. CHililik futbolchi o'sha holatda to'p uchun kurashmadi, shu sababli bunday vaziyatlarda hushtak chalib o'yinni to'xtatish mumkin emas.

Munuera shuningdek Albaning o'yin oxirida kiritgan golini VAR orqali aniqlab, bekor qildi va adashmadi”, deydi Montero.

BestMaster
8 Mart 2020, 08:00
sobiq, hakam, “vidal, osha, vaziyatda, oyinga, qoshilmadi, bunday, holatda, bahsni, toxtatish, mumkin, emas”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads