Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Ikki shaxs»

Bugun 8 mart. Doimgi ishimni davom ettiraman.

.
- Yuklab olish

Bugun 8 mart. Doimgi ishimni davom ettiraman. Bugungi sanada tug'ilgan futbolchilarni ko'zdan kechiraman: Peter Larsson, Radoslav Petrovich, Jek Uilson, Jon Xarks, Muhammad Idrissu... Ro'yxat uzun, lekin pichoqqa ilinadigani, o'zim maqola tariqasida eslab yozishga arziguligi topilmaydi.

Futbolchilar ro'yxatidan klublar ro'yxatiga o'taman. Bugungi sanada tashkil etilgan jamoalarning nomi ham dongdor emas.

Futbolga dahli borlarga o'taman. Dunyo va yurtimizda ikki shaxsning tavallud sanasi shu kunga to'g'ri kelganini topaman (yurtdoshimiznikini bilardim, albatta). Qoyil!

Avval jahon miqyosidagi shaxsga to'xtalib o'tsam. U rivojlangan mamlakatning poytaxtida tug'ilgan. 1947 yil. Katta biznesmen bo'ldi. Futbolga azbaroyi qiziqqanidan mashhur klubning prezidentiga aylandi. Birinchi saylanganida, dunyoning sara yulduzlarini jamladi. Keyinroq natijalar yomonlashib iste'fo berdi.

Ikkinchi marta qaytganida natijalar yaxshilandi. Evropaning ko'zga ko'ringan turniriga ega bo'lib qoldi deyarli. Uni dunyoning yarmi yomon ko'radi. Raqib bo'lgani uchun yomon ko'radiganlar bor, boshqalar ko'proq  futboldagi har xil qing'irliklarga aralashadi degan gumon bilan xushlamaydilar.

Dunyoning yarmi uning qaysarligini, har xil ishlarga aralashuvini va boshqa illatlarini ko'rmagandek bo'lib, poytaxt klubiga qo'shgan hissasi uchun faoliyatidan rozilar. U o'z tug'ilgan shahrini dunyo futboli poytaxtiga aylantirdi.

Gap kim haqida ketayotganini daqiq muxlis allaqachon anglab bo'ldi – Florentino Peres. Futbol klublari rahbarlari ichidagi eng mashhur, eng qaysar va eng ta'sirchan shaxs. U bugun 73ga kirdi. “Real”ga rahbarlik qilgan davrida Qirollik klubi “Galaktikos”ga ham aylandi, EChLni qatorasiga uch marta engib ham oldi. Jamoa tarixidagi birinchi shaxs, jamoa besh marta qatorasiga Chempionlar Kubogini boshi uzra ko'targanda bosh bo'lgan Santyago Bernabeu imidji xavf ostida, Peres uni taxtdan tushirishi mumkin. Xuddi Ronaldu o'sha davrning superyulduzlari rekordini yo'qqa chiqarib tashlagandek. Mayli, nima bo'lgan taqdirda ham futbolning eng sirli shaxslaridan biri aynan shu sanani boshqacha ehtirom bilan kutib oladi. (Qarangki, Madrid klubiga ikki kun oldin asos solingan edi, bugun uning ashaddiy rahbari eslanmoqda, yonma-yonligini qarang-da endi!)

Yurtimiz futboliga tegishli shaxsni Peresdan farqli ravishda barcha birdek hurmat qiladi. Ayniqsa, futbol ishqibozlari. Ovozlarini eshitib rohatlanganimiz, o'ziga xos uslubga ega bo'lgan ustoz sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev bugun 60 yoshga kirdilar. Ajoyib sana!

Quyida Mirzahakim akaning o'n yillar muqaddam yangragan sharhlarini e'tiboringizga havola etamiz va tabiiyki, ustozni OMAD HECh QAChON TARK ETMASIN deb qolamiz. Ovoz benazir haqiqatan ham...

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
8 Mart 2020, 07:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, «ikki, shaxs»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads