Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

​«Real» Modrichga o'zi uchun yangi klub izlashga ruxsat berdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Luka Modrichni boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Luka Modrichni boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor. "El Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati xorvatiyalik futbolchiga o'zi uchun yangi klub qidirishga va muzokara olib borishga ruxsat berdi.

Modrich 2012 yilda «Tottenxem»dan «Real»ga o'tgan. U madridliklar safida jami 332ta o'yinda maydonga tushib, 4 marta Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Shuningdek, Luka «Qirollik klubi» safida «Oltin to'p» sohibiga aylandi.

Xorvatiyalik o'yinchi ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 29ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5ta gol va 5ta golli uzatma yozdi. Uning «Real» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

BestMaster
7 Mart 2020, 08:30
​«real», modrichga, uchun, yangi, klub, izlashga, ruxsat, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads