Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qirol — 118 yoshda»

6 mart, ya'ni bugun biror bir futbolchini e'tirof shart emas.

.
- Yuklab olish

6 mart, ya'ni bugun biror bir futbolchini e'tirof shart emas. Bu sana ko'proq jahon futboliga Madridning “Real” klubiga asos solingan kun sifatida tanish.

Ispaniya poytaxti sharafini himoya qiluvchi jamoa FIFA tomonidan rasman 20-asrning eng yaxshi klubi deb topilgan. Ispaniya primerosini tark etmagan uchta jamoadan bittasi. “Barselona” va “Atletik” Bilbao kabi.

Sovrinlari bilan maqtansa shu jamoa maqtansa arziguli. Uning hisobida 62ta milliy sovrin bor, ichida rekordli 33ta chempionlik, 19tasi Ispaniya kubogi va 10tasi Ispaniya superkubogi.

Chempionlar ligasi qiroli. 13 karra chempion. Turnirni qatorasiga uch marta enggan yagona klub. Delott tashkiloti bergan ma'lumotga ko'ra, ayni paytda dunyoning eng qimmat klubi hisoblanadi. Narxi – 4,2 milliard dollar.

1902 yili 6 mart kuni asos solingan klub muxlislarini bugungi bayramlari bilan tabriklaymiz. O'zining sanasiga kelib Zidan shogirdlari La ligada ham peshqadamlik qilishmoqda. Hammasi kelishilgandek, a?!

Klubning nomi – “Real”! Hammasidan ham nomi zo'r klubning. Har qanday holatda ham realmiz, degani. Real ispanchada qirol degan ma'noni bildirsa-da, biz bilgan so'z haqiqat, bor, mavjud narsani ifoda etadi. Insonlar reallikka intilganidek, futbol Real futboliga intiladi. U eng zo'r natijalar qayd etgan paytda ham nima uchun etalonligini-da bila olmaganimiz sababi ham shu: u o'ta oddiy o'ynaydi, allambalo uslublarni suymaydi, xatolari ham insoniy, qulaydi, turadi, yutqazadi, yutadi. Hayotiy yo'l bilan rivojlanib boraveradi. Raqiblari kuchaysa, ulardan kuchayish yo'llarini o'sha paytning o'zidayoq harakatiga tushadi. Oddiy, sodda, ammo buyuk qarashlar bilan.

Ramosning g'irromliklari yonida o'sha Ramosning so'nggi soniyalarda yo'llagan goli, xaloskorligi gavdalanib turaveradi. Penalti ishlash uchun oshkora tilangan Ronalduni kuzata turib, beixtiyor bu qadar ayyor o'yinchi er yuzida topilmaydi, deb yuborasizu, sal o'tib o'zining golini yana bodilarcha nishonlayotganini ko'rasiz. U uyalmaydi shunday nishonlashdan. "Real" o'yinchisi bo'lgan u. Xarakteri shunaqa, realligini ko'rsatadi. Aldamaydi, kamtarlik qilmaydi. Chunki u inson, inson esa, doim bir xil bo'lmaydi.

“Real” shunaqa jamoa bo'lgani uchun ham kimdir uni rosa yaxshi ko'radi, kimdir uni otgani o'q izlaydi. Odam bolasi borki, shunaqa. Hammaga yoqa olmagan. “Real” ham nomiga yarasha o'z xarakterida sobit. U uslubida hech qanday yangilik qilmaganidek, xarakterida ham o'zgachalikni ko'rsatmaydi. Chunki “Real”da reallikdan boshqa narsa yo'q. Uni boricha qabul qilishingiz kerak. Qabul qilgingiz kelmasa, unga farqi yo'q. Shunday yashab qolaveradi.

Juda ko'p jamoalarga nazar tashlasangiz, klubdagi o'yinchilari bir-biriga o'xshab ketgan bo'ladi. Hech qursa taqlid ko'zga tashlanadi. “Real"da esa, bir-biriga mutlaqo o'xshamaydigan nigohlar jamlangan: Marseloning yuziga qarang, bormi boshqa joyda yana bir Marselo? Beylning tushuniksiz qarashlari, Kazemironing yuvvosh nigohi, Modrichning bolalarcha yurishi, Ramosning yovvoyiligi, umuman, bu jamoa o'yinchilarini birlashtirib turadigan narsa bormi? Bor bo'lsa ham, u ham realligi, o'zligi.  

Men bu bilan boshqa klublarda o'zlik yo'q, demoqchi emasman. Aslo. “Real”da shu jihat ko'proq, demoqchiman. “Real”ning muxlislariga ham qarab turib qoyil qolaman: Ular hakamlar ochiqcha yon bosgan o'yinlarda ham g'alabani olqishlashadi, ichki xursandchiliklarini yolg'ondakam qadriyatlar bilan andavalab o'tirishmaydi. Ramos Salohni sindirib tashlasa ham, uni suyaverishadi. Jahlingiz chiqadi, ammo nima qilsin, u ichidagi bor tuyg'usini tashqariga chiqaryapti-ku, aldamayapti-ku sizni. U “Real” klubi qanaqa bo'lsa, shundaydir: g'alaba uchun kitobiy tuyg'ulardan voz kechib ketaveradi. “Real” rahbariyati o'z yulduzini “bo'ldi, sendan foydalanib bo'ldik, ruxsat”, deb ketkazib yuborganida, jahlimiz chiqishi mumkinu, ammo boshqa tomondan o'ylab ko'rsak, ularning ichi bilan usti bir xilligini ko'ramiz. Dunyoga yomon ko'rinib bo'lsa ham, o'z rostiligini ko'rsatishadi. Bu qiyin ish, ishonavering. Zo'r tadbir qilib, chiroyli ta'riflar bilan yashab qolish ham mumkin ediyu, yo'q, “Real”ning reallik xarakteri rahbariyatidan tortib murabbiylariga, futbolchilaridan tortib muxlislarigacha urib ketgan.

Bugun shunaqa sana. Xullas.

Xayrulla HAMIDOV.

BestMaster
6 Mart 2020, 09:30
xayrulla, hamidov, maqolasi, «qirol, yoshda»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Мақолага гап булиши мумкин имас
6 Mart 2020, 18:13
 u7777u  
Хайрулла хамидов акани футбол шархлашига беш кетаман
6 Mart 2020, 18:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads