"Sosedad" ikki bahs natijasiga ko'ra mazkur juftlik g'olibiga aylandi va final chiptalariga ega chiqdi. Segunda B vakili "Mirandes" klubining musobaqadagi ajobtovur sayohati nihoyasiga etdi. Ammo ushbu jamoa futbolchilari mamlakat kubogi bahslarida na "Real", na "Atletiko"-yu "Barselona" kelolmagan bosqichga etib kelganlari bilan bemalol maqtansalar bo'ladi.
Ispaniya kubogi. "Selta", "Sevilya", endi esa "Vilyarreal" mag'lub etildi – "Mirandes" yarim finalda
Mirandes | Copa del Rey . 1/2-tur 05/03/2020, 01:00 1 : 0 Tugadi | Real Sociedad Mikel Oyarzabal - 41' |
Stadion: Estadio Municipal de Anduva
Bosh hakam: Jose Sanchez
Mirandes – Real Sosedad 0:1
4 mart, 01.00, «Estadio de Anduva»
Gol:
0:1 – 41, Oyarsabal (penalti).
Mirandes – Limones, Serxio Gonsales, Onayndia, Gonsales (Martines, 61), Malsa, Rey (Mario Barko, 82), Guridi, Sanches (Markos de Souza, 72), Merkelans, Mateus Ayyas, Enrik Frankesa.
Real Sosedad – Remiro, Monreal, Elustondo, Le Norman, Saldua, Yanuzay, Edegor (Gevara, 90), Merino, Subeldiya, Oyarsabal (Barrenechea, 78), Villian Joze (Isak, 66).
Ogohlantirishlar:
Gonsales (31), Monreal (32), Villian Joze (50), Yanuzay (72), Rey (72), Mario Barko (83), Saldua (90).
Bu juftlik o'rtasidagi birinchi o'yinda 2:1 hisobi qayd etilgandi.
"Sosedad"ning finaldagi raqibi bugun "Granada" va "Atletik Bilbao" jamoalari o'rtasidagi bahsda aniqlanadi.