Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» Vinisiusning Ispaniya fuqaroligini olishiga umid qilmoqda

"Real" klubi Evropa ittifoqiga a'zo bo'lmagan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalar sonini oshirishni istamoqda.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi Evropa ittifoqiga a'zo bo'lmagan futbolchilar uchun ajratilgan kvotalar sonini oshirishni istamoqda. Buning uchun "qirollik klubi" Vinisius Juniorning Ispaniya pasportiga ega bo'lishiga umid qilmoqda.

La Liga reglamentiga ko'ra, klublar Evropa ittifoqi fuqarosi bo'lmagan 3 nafar futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin. "Real"da ushbu kvotani hozirda Eder Militao, Rodrigo va Vinisius to'ldirishgan. "Madrid" esa jamoaning yangi futbolchisi Reyner (Braziliya)ga joy ajratishni ko'zlamoqda.

Ispaniya fuqaroligini olish uchun futbolchi ikki yil davomida ushbu mamlakatda yashagan bo'lishi kerak. Junior iyul oyida ushbu talabni bajaradi.

Avvalroq Kazemiro va Federiko Valverde qo'shfuqarolikni qo'lga kiritishgan edi.

BestMaster
3 Mart 2020, 22:30
«real», vinisiusning, ispaniya, fuqaroligini, olishiga, umid, qilmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Lukas  
Marselochi?
4 Mart 2020, 18:09
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads