Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov:"Yangi klasiko davri"

Mana, orziqib kutilgan klasiko ham o'tdi-ketdi. Emotsiyalar, his-tuyg'ular ortda qoldi.Uchrashuvda chindan ham ustun jamoa g'alaba qozondi. Kiki Seten Zidanga ikkinchi bo'limda hech narsa taklif eta olmadi. Hammamiz ko'rdik.

.
- Yuklab olish

Mana, orziqib kutilgan klasiko ham o'tdi-ketdi. Emotsiyalar, his-tuyg'ular ortda qoldi.
Uchrashuvda chindan ham ustun jamoa g'alaba qozondi. Kiki Seten Zidanga ikkinchi bo'limda hech narsa taklif eta olmadi. Hammamiz ko'rdik.

O'yin o'z yo'liga. Muxlislik madaniyati ancha yaxshilanganini ko'rdim. Juda ko'p saviyali, adekvat insonlar kuchli tomon g'alaba qozonganini aytishdi. O'zi muxlislik qilgan bo'lsa, shodligini yashirmadi, raqib deb bilsa, tabrikladi realchilarni.

Ijtimoiy tarmoqlarda saviyali qatlam to'plangan tvitter olamida mazmunli fikrlar o'qidim (odnoklassniki, instagram va feysbuk sahifalaridagi izohlarning aksari o'qishga, e'tiborga olishga arzimaydi, o'ta sayoz va yosh bolalarcha fikrlash). Armiya bo'lib bo'linish tugabdi, shunisini ilg'adim bugun.

O'ylashimcha, buyog'iga oldingi klasikolar ham bo'lmaydi. "Yoqa yirtib" o'ynaladigan janjallar, to'p uchun beshafqat kurashlar kuzatilmasa kerak. Qontalash nigohi bilan Inestani chopib tashlaydigan pepelar, to'pni raqibga qaytarib bermay asabni o'ynaydigan peplar boshqa qutbga ketishgan.
Bugungi klasiko faqat futbol ulashuvchi ekstraklass darajaga chiqqan o'yinga aylandi.

"Suyunchi" filmida aytilganidek, "urishiladigan to'ylar" qaytmaydi.
Bu yaxshimi, yomonmi? Kimgadir unisi, kimgadir bunisi. Shaxsan menga hozirgisi ma'qulroq. Chunki odamiylik futboldan yuqorida turishi kerak. Fanatizm kasalligining illatlari qo'rqinchli. Sog' odamni-da telbaga aylantiradi-qo'yadi.

O'sha "Suyunchi"da ham Anziratning do'stlari eslaydigan "to'ylar" aslida yaxshilik belgisi emas. Xotiraning hisobiga ijobiydek ko'rinadi, xolos.

Bu klasikoni cho'qqiga olib chiqqan ikki dahoning biri endi tomoshabin, ikkinchisi esa, maydonda. Lekin oldingidek xaloskor emas. Buni tribunada kuzatayotgan Ronaldu juda aniq his etyapti. Usiz Messi "zerikayotganini", oldingidek ishtiyoqda emasligini payqayapti.

Ha, hammasi tugayapti, yangi klasiko davri boshlanish arafasida...

"Real" ishqibozlarini g'alaba bilan tabriklaymiz, barcha muxlislarni esa, haqiqiy, toza futbol bilan. Darvoqe, yangi kurash oldidan umumiy g'alabalar sonida yana tenglik: 96-96.

Serial davomiga boshqa qahramonlar kastingi boshlandi: Fati, Mariano, Vinisius, Breytveyt...

BestMaster
2 Mart 2020, 05:00
xayrulla, hamidovyangi, klasiko, davri,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads