Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "El Klasiko"ning birinchi bo'limi yakunlandi (MATNLI TRANSLYACIYA)

Siz mazkur sahifa orqali Ispaniya chemppionati 26-turi doirasidagi bahsning matnli translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin.

.
- Yuklab olish

Real Madrid

LaLiga . 26-tur

02/03/2020, 01:00

0 : 0 tanaffus

Barcelona

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Antonio Mateu

45' 90' 10'  Vinicius Junior19'  Daniel Carvajal19'  Jordi Alba Match-senterda ochish

Real Madrid – Barselona 0:0 (tanaffus)

2 mart, 01.00, «Santyago Bernabeu»

Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Valverde, Kazemiro, Isko, Kroos, Vinisius Junior, Benzema.

Barselona – ter Stegen, Semedu, Umtiti, Pike, Alba, Artur, de Yong, Buskets, Vidal, Messi, Grizmann.

Ogohlantirishlar:

Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19).

Sahifani yangilash

Bahsning birinchi bo'limiga hech qancha vaqt qo'shib berilmadi. Tanaffus!

45. Ikkala jamoa tayanch yarim himoyachilari o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Mazkur epizoddan keyin Kazemiro o'zida noqulaylik his qilmoqda.

39. Ramos qanotda muvozanatni yo'qotgach, bo'sh qolib ketgan Semedu katta tezlikda "Real" jarima maydonchasi tomon kirib borib, to'pni jamoadoshlariga uzatdi. Biroq to'pni egallab olgan mezbonlar qarshi hujumga chiqib ketishdi. Vinisiusning uzatmasiga aniqlik etishmadi va hujum bartaraf etildi.

38. Xavfli zarba! Messi Tibo Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, o'zaro duelda yana "Qaymoqranglilar" posboni g'olib.  Tibo bugun ajoyib o'yin namoyish qilmoqda.

34. Kutilmaganda Artur Melo Kurtua bilan yuzma-yuz holatga chiqib bordi, unga Toni Kroos qarshilik ko'rsatishga kech qoldi. Ammo braziliyalik yarim himoyachi "Real" posbonini dog'da qoldira bilmadi.

30. Vidal-Grizmann kombinaciyasini Messi zarba bilan yakunladi. To'p to'g'ri Kurtua turgan joyga bordi va belgiiyalik posbonga qiyinchilik tug'dirmadi.

29. Toni Kroos ikkinchi bor uzoqdan omadini sinab ko'rishga urindi, ammo zarbalarning har ikkisi noaniq chiqdi.

27. Uchrashuv avvalida maydon markazida o'ynashi kutilgan Federiko Valverde o'ng qanotda paydo bo'lib, Xordi Albani nihoyatda qiynab qo'yyapti. SHunday hujumlardan birida u jamoadoshi Benzemani to'p bian taminlamoqchi bo'ldi. Franciyalik futbolchi bu safar to'pga etib kelolmadi.

25. Kurash asosan maydon markazida kechmoqda. Darvozabonlarni qiynaydigan zarbalar hali yo'llanmadi.

19. O'zaro konfliktga borgan Karvaxal va Alba uchrashuvni boshqarib borayotgan Matteo Laos tomonidan ogohlantirildi.

18. Frenki de Yong bitta uzatma bilan Grizmann va Kurtua duelini yuzaga keltirishi mumkin edi, ammo Varan o'z hamyurtini zararsizlantirdi.

14. Mezbonlar o'yinda tashabbusni qo'lga olgandek ko'rinishmoqda. Uchrashuvda asosan Marselo va Vinisius harakatlanadigan "Real"ning chap qanoti faollik ko'rsatmoqda.

11. Dastabki sariq kartochka Vinisius Juniorga ko'rsatildi. U katta tezlikda oldinga borayotgan Nelson Semeduni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgani tufayli jazolandi.

7. Madridliklar 3-bor burchak zarbasini o'yinga kiritgach, Karim Benzema o'yindagi o'zining dastlabki zarbasini yo'lladi. BU zarba ham uning aksar zarbalari kabi noaniqlik kasb qildi.

4. "Barsa" o'z uslubiga sodiq qolgani holda qisqa uzatmalar orqali Kurtua darvozasiga xav solishga urinmoqda.

2. Mezbonlar dastlabki daqiqalarni faollik bilan boshladi. "Qaymoqranglilar" 1 daqiqa ichida 2 bor burchak zarbasi yo'llash huquqini qo'lga kiritishdi. 

1. Nihoyat, o'yinga start berildi. "Real" boshlab berdi "Al Mumtoz"ni.

- Jamoalar stadionga chiqib kelishmoqda. Ikkala klub ham bugun o'zlarining ananaviy ranglardagi liboslarida harakatlanishadi.

Ronaldu yana Madridda!

Uchrashuv boshlanishiga qadar 10 daqiqa qoldi. 

O'yinoldi mashg'ulot jarayonlari va stadionga tashrif buyurgan muxlislar:

- Assalomaleykum, saytimizning qadrli kuzatuvchilari, La Liga 26-turi doirasida Madridda o'tkazilayotgan "Al Mumtoz" bahsini siz bilan birgalikda kuzatib borishga qaror qildik. Marhamat, siz ham o'yin haqidagi fikr va mulohazalaringizni biz bilan o'rtoqlashing. 

BestMaster
2 Mart 2020, 02:00
live , liga, klasikoning, birinchi, bolimi, yakunlandi, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads