Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" — "Barselona": birinchi bo'limdan so'ng...

"El-klasiko" kutilganidek kechyapti. Hozircha. Yomg'ir yog'ayotganini va jamoalarning bugungi o'yinga ko'ngildagidek tarkib bilan etib kelmaganini inobatga olsak, temp yomon emas.

.
- Yuklab olish

"El-klasiko" kutilganidek kechyapti. Hozircha. Yomg'ir yog'ayotganini va jamoalarning bugungi o'yinga ko'ngildagidek tarkib bilan etib kelmaganini inobatga olsak, temp yomon emas.

Birinchi bo'limda jamoalar teng o'ynashdi. Har ikkala jamoada ham etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. "Real" futbolchilari so'nggi uzatma va zarbada yanglishgan bo'lishsa, "Barselona"ning vaziyatlarida Tibo Kurtua 3 bor muqarrar goldan jamoasini saqlab qoldi.

Birinchi bo'limda "Barselona" negadir qarshi hujumda sust o'ynadi. Bu holat ikki-uch bor ko'zga tashlandi. Jamoa to'liq "tiki-taka"ga tayanib harakat qilyapti.

Bosh hakam Mateo Laos ham "el-klasiko"ga jiddiy yondashganini futbolchilarga ko'rsatib qo'ydi. U birinchi bo'limning o'zidayoq bir necha bor cho'ntagidan sariq kartochka chiqardi.

"Real" muxlislar kutganidan yaxshiroq harakat qilmoqda. Faqat o'sha gap, so'nggi paslar va yakuniy zarbada muammolar bor.

Birinchi bo'lim haqida shular. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda gollar guvohiga aylanamiz. Axir golsiz "el-klasiko" "el-klasiko" bo'larmidi? 

Nizomjon ISLOMOV

BestMaster
2 Mart 2020, 02:00
barselona, birinchi, bolimdan, song,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads