Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yovich poezdning so'nggi vagoniga ham chiqa olmadi...

.
- Yuklab olish

Mavsum boshida “Real Madrid”ga kelib qo'shilgan Luka Yovichning umid uchqunlari tobora so'nib bormoqda. Nafaqat futbolchilik, balki uning hayoti ham katta havf ostida turibdi. Sababi juda odiy. Futbolchi o'z orzusini amalga ro'yobga chiqarish uchun katta umidlar bilan Madridga keldi, biroq Madrid uni qabul qilmyapati...

Achinarlisi shundaki, futbolchi shahar restoranlari va turli soch turmaklaridan boshqa hech narsa bilan yodimizda qolmayapti. Vaqt esa, tobra tez o'tib ketmoqda. Serbning Ispaniya poytaxtidagi sarguzashtlari katta ehtimol bilan 3 oydan so'ng o'z yakuniga etadi. Qarabsizki, yozda futbolchi ruhan singan xolda o'rtamiyona jamoalardan biriga o'tadi va hammasi tamom!

Shunga qaramay, barchasi sportdagi sog'lom raqobat bilan bog'liq albatta. Yovichning “Real Madrid”dagi statistikasi e'tibor bergan bo'lsangiz, barchasiga nima sabab ekanligini darrov payqaysiz. Markaziy hujumchi “qaymoqranglilar” safida 771 daqiqa to'p surdi va ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Aslida, Yovichning kulfatida Zidanni ayblash biroz noo'rin. Sababi, murabbiy mavsum boshida hujumchiga etarlicha imkoniyat taqdim etdi. Xatto uni “Malorka”ga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibda boshlashiga ham ruhsat berdi, biroq natija kutilganidek bo'lmadi. Keyinchalik, serb Ispaniya Superkubogida super imkoniyatlarga ega bo'ldi, biroq natija o'sha-o'shaligicha qoldi. Uning Saudiya Arabistoni maydonlarida ko'rsatgan o'yini klub darajasida emasligini barcha sezgach, Zidan ham “qo'l siltadi”. E'tiborlisi shundaki, Yovich ortda qolayotgan mavsum davomida asosan zaxiradan o'yinga qo'shilgan bo'lsada, atigi bir marotaba o'yin natijasiga ta'sir o'tkazdi xolos. Yodingizda bo'lsa, “Sevilya” bilan drammatik kechgan uchrashuvda serb Kroosning zarba berishi uchun imkoniyat yaratib bergan edi. To'g'risi, bu “Real Madrid” singari klub futbolchisining statusiga mos keladigan maqtov emas.

Boz ustiga, mavsum boshida naqd 60 million evroga harid qilingan hujumchi uchun ham kamlik qiladi.

 

Bugun bo'lib o'tadigan “el-klassiko” uchun qaydnomadan o'rin olmagan Luka haqida qanday fikr bildirish mumkin? Ba'zilar uning Benzemaga asosiy tarkibdagi o'rnini berib qo'ymoqda deya o'ylashi mumkin. Qaysidir ma'noda bu ham haqiqat, biroq aslida Yovich etarlicha kurashuvchanlik va harakter namoyish eta olmadi. U ko'pchilik kutgan orzusi uchun oxirigacha kurash olib boradigan, qiyinchilikda katta bo'lgan ko'zlarida olov chaqnaydigan yigit emas ekan. Buni Zidan ham, muxlislar ham, xatto Florentino Peres ham anglab etgani aniq. Uning maydondagi harakatlariga hech razm soldingizmi? Maydonda imkoniyat kam beradigan futbolchilar jamoaviy pressingda, bosh zonalar yaratishda faol bo'lishlari odaitiy hol. Bilasizmi nega Janubiy amerikaliklar Evropada tez qo'nim topishadi? Sababi juda odiy. Ular hech qachon taslim bo'lishmaydi. Orzusi uchun shaxsiy hayot, do'stlari, sevimli mashg'ulotlari, vatan sog'inchi va boshqa ko'plab sevimli narsalaridan voz kecha olishadi. Natija ham shunga yarasha bo'lishi turgan gap albatta. Evropalik futbolchilar orasida ham shunday jangovor harakter egali etarlicha topiladi, biroq Yovich ulardan mustasno.

E'tibor qarating, bugungi “el-klasiko” qaydnomasida Yovichga joy topilmadi. Zidan o'zining birinchi raqamli zaxira hujumchisidan voz kechgancha, Mariano Dias uchun yana bir imkon berishga qaror qildi. Ko'pchilik xatto unitib yuborgan Diaz uchun bu yana bir imkon. Yovichku deyalarli taqdin inom etgan tuhfani ko'kka sovurib bo'ldi, balki Mariano poezdning so'nggi vagoniga chiqib olar. Yana kim biladi deysiz?!

BestMaster
1 Mart 2020, 23:30
yovich, poezdning, songgi, vagoniga, chiqa, olmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads