Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" — "Barselona": jarohatlar, holat, taxminiy tarkiblar

Bugun tunda La Liga 26-turi doirasidan o'rin olgan markaziy o'yin guvohiga aylanamiz. “Santyago Bernabeu”da “qirollik klubi” “Barselona”ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

Bugun tunda La Liga 26-turi doirasidan o'rin olgan markaziy o'yin guvohiga aylanamiz. “Santyago Bernabeu”da “qirollik klubi” “Barselona”ni qabul qiladi.

Turnir jadvalidagi holat

Joriy mavsumda La Liga g'olibligi uchun aynan “Real” hamda “Barselona” kurash olib boryapti. “El-klasiko”ga ular ikki ochkolik farq bilan etib kelishdi. “Real” 53 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Zidan shogirdlari bugunga qadar La Ligada 15 ta g'alaba, 8 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etishgan.

“Barselona” esa turnir jadvalida peshqadam, klub bugunga qadar 55 ochko jamg'argan. Kike Seten shogirdlari hozirgacha La Ligada 17 ta g'alaba, 4 ta durang qayd etishgan hamda 4 marta mag'lubiyatga uchrashgan.

 

Yo'qotishlar

Bugungi  “klasiko”ni “Real”ning uch nafar muhim futbolchisi o'tkazib yuboradi: Eden Azar (tizzasidan jarohat olgan), Marko Asensio (tizzasidan jarohat) va Rodrigo (o'tgan o'yinda qizil kartochka olgan).

“Barselona” ham bugun maydonga tusha olmaydigan futbolchilar etarlicha. Usmon Dembele, Serxi Roberto, Luis Suares  va Jordi Alba (hammasi jarohat). Shuningdek, “Napoli”ga qarshi EChL o'yinida jarohatlangan Pikening ham bugun o'ynashi so'roq ostida. Ammo Seten uni har ehtimolga qarshi qaydnomaga kiritgan.

 

Qiziqarli faktlar

—“Real” futbolchilarining umumiy narxi (1,08 mlr) “Barselona” futbolchilarining umumiy narxidan qimmatroq (1,07 mlr).

— O'zaro o'yinlarda g'alaba qozonish bo'yicha ustunlik “Real” tomonida (83-79).

—“Real”ning “el-klasiko”da urgan gollari “Barselona”nikidan 12 taga ko'p (331 — 319).

 

Taxminiy tarkiblar

RealKurtua – Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi – Kroos, Kazemiro, Valverde – Modrich, Isko – Benzema

BarselonaTer Shtegen - Semedu, Umtiti, Lengle, Xunior - Rakitich, Buskets, Vidal, Artur - Messi, Grizmann

 Nizomjon ISLOMOV tayyorladi.

BestMaster
1 Mart 2020, 12:00
madrid, barselona, jarohatlar, holat, taxminiy, tarkiblar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads