Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ertangi “el-klasiko” chempionlik masalasini hal qiladimi?

Ertaga La Liganing navbatdagi turi doirasida markaziy o'yin bo'lib o'tadi. Gap barchamiz kutayotgan “Barselona” — “Real Madrid” qarama-qarshiligi haqida ketyapti.

.
- Yuklab olish

Ertaga La Liganing navbatdagi turi doirasida markaziy o'yin bo'lib o'tadi. Gap barchamiz kutayotgan “Barselona” — “Real Madrid” qarama-qarshiligi haqida ketyapti.

O'yinga ikkala jamoa ham o'xshash kayfiyatlarda etib kelishdi. “Barselona” EChL doirasida “Napoli”ni mag'lub eta olmadi. O'sha o'yindan kelib chiqib ushbu natijani Kataloniya klubi uchun yaxshi deyish mumkin, ammo umuman olganda Kike Seten shogirdlari Neapolda o'zlari kutgan natija qayd eta olishmadi.

“Real”da vaziyat yanada yomonroq. “Santyago Bernabeu”da “Manchester Siti”ga mag'lub bo'lgan, kamiga ikkita gol o'tkazib yuborgan “qaymoqranglilar” chuqur o'yga tolishgan. Ham Zidanning, ham futbolchilarning miyasi bir chetida “Javob o'yinida nima bo'larkin?” degan o'ylov borligi tayin garchi Zidan “Bor e'tiborimizni “Barselona”ga qarshi o'yinga qaratganmiz”, degan bo'lsa-da.

Ertaga Azar tushmaydi. Bu “Real” uchun yo'qotish. Ammo avvalgi “el-klasiko”da ham “Real” Azarsiz o'ynaganini va yaxshi o'ynaganini inobatga olsak, bundan fojia yasash kerak emas. 

Bir narsa aniq, tarkibdagi yo'qotishlarga qaramasdan, “Real” ertangi o'yinda bor ustunlikni raqibga berib qo'ymaydi, jamoa xuddi avvalgi “klasiko”dagidek o'yin ko'rsatishi katta ehtimol. Balki, vaziyatlardan unumli foydalansa, g'alaba qozonishi ham mumkin. Faqat bu yog'iga “yulduzi porlashi”ga qarab harakat qiladigan Karimjonning yulduzi charaqlasa bo'ldi. Umuman olganda, Zidan munosib taktika va tarkib tanlay olsa, hozirgi “Barselona”ni mag'lub etsa bo'ladi.

Bugungi “Barselona”ning muammosi “Real”nikidan kam emas. Jamoaning oldingidek istalgan raqibni “yamlamay yutaveradigan” tishlari yo'q. Umuman, hozirgi “Barselona”ni o'tish davrida desak ham bo'ladi.

“Barselona”da Suares va Dembelening yo'qligi bir muammo edi. Kamiga Serxi Roberto ham jarohat olib, safdan chiqdi. Bu esa shundoq ham beqaror tarkibga ega bo'lgan Kataloniya klubidagi muammolarni yanada chigallashtiradi. Seten Robertoning o'rnini qanday yopadi, buni yakshanba kuni bilib olamiz.

“Barselona” Messining borligi klubga “Real” ustidan bir qadar ustunlikni ta'minlashi kerak edi. Boisi, bugungi “Real”da etakchi futbolchi yo'q. Ammo Kataloniya klubidagi muammolar shunchalik chigalki, Messi fenomeni ham bilinmay ketyapti.

Xullas, har doimgi “el-klasiko”lar kabi ertaga ham yaqqol favorit yo'q. Aslida, “el-klasiko” shunday to'qnashuvki, har qanday holatda ham biror bir jamoani favorit deya olmaymiz. Aynan shunisi bilan ham u “el-klasiko”.

Ertangi o'yin La Ligada chempionlik masalasini hal qiladimi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu savolga bemalol “yo'q”deb javob berish mumkin. Sababi, garchi ertaga “Real”ni mag'lub etgan taqdirda ham hozirgi “Barselona” keyingi turlarda qoqilishi mumkin. Yoki “Real” g'alaba qozongan taqdirda ham Zidan shogirdlari qolgan turlarda bemalol g'alaba qiladi, deb aytishimizga asos bo'ladigan darajada emas hozir. Demak, ertangi uchun La Ligada shunchaki navbatdagi tur o'yini, muxlislar uchun esa navbatdagi “el-klasiko”, xolos.

Nizomjon ISLOMOV

BestMaster
29 Fevral 2020, 20:30
ertangi, “el-klasiko”, chempionlik, masalasini, qiladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads