Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko» atrofidagi klassik manzara

Martning birinchi kuni Ispaniyada «El-klasiko» bo'lib o'tadi. Jamoalar turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda.

.
- Yuklab olish

Martning birinchi kuni Ispaniyada «El-klasiko» bo'lib o'tadi. Jamoalar turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. Chempionlik uchun kurash avjida. Ikkisi ham ChL pley-off bosqichidagi ilk o'yinni yomon o'tkazdi.

Biz bu o'yinda yana bir bor Messining qanday sport formasida ekanini bilib olarmiz, balki...

Zidanning rotatsiyalardagi topqirligiga yana guvoh bo'larmiz, balki...

Balki, hamma tanqid qilayotgan Beyl qahramonga aylanar...

Yosh Ansu Fati klasikodagi ilk golini urar, balki!

Bular yo bo'ladigan, yo bo'lmaydigan ishlar. Taxminlar, xolos!  

Biroq, bo'lishi aniq bo'lgan bir ish ham bor.

Biz «El-klasiko»dan avval, o'yin vaqti va bahsdan so'ng o'zi uchun yarim misqol nafi bo'lmagan voqea atrofida o'z yurtdoshini tarmoqda yoki real hayotda so'kayotgan, urishga tayyor bo'lgan va urganlarni ko'ramiz, albatta!

Tarmoqda sevimli klubining mag'lubiyatidan so'ng yoqa yirtayotganlar to'dasini ko'rsam g'ashim keladi. O'zi virtual olam qiziq. "Hech kim meni bilmaydi, tanimaydi", - deb hayotda pichirlab ham aytolmaydigan gaplarini qofiyasiga solib, she'r qilib yozadiganlar ko'p bu erda. Ba'zilar o'ziga umuman aloqasi bo'lmagan futbolchilar-u, klublarni "himoya" qilaman deb, og'zidan shunday gaplar chiqaradi-ki, bunaqa najosat asli boshqa joydan chiqmasmidi, deb xayron bo'ladi odam. Bir-biriga tahdid qilishlarni aytmaysizmi! Yaqinda blogerlardan biri "klaviatura orqali front ko'rganlar" haqida qisqa ammo haq gapni aytdi. Ba'zi, qaytaraman — ba'zi toifa fanatlarni ham shunday tariflagan bo'lardim.

Futbol go'zal sport turi. Undagi yashillikning o'zi insonga ruhiy hordiq bera oladi. Chiroyli o'yin, chiroyli gollar... biror klub yo futbolchiga muxlislik qilishda ham ayb yo'q, aslo! Aksarimiz ham shundaymiz, masalan. Lekin, o'sha muxlislikning ham chegarasi bor emasmi?!

Asosli bahslar bosh ustiga. Bunda fikr almashish mumkin kamida.

Ammo, yosh bolalar kabi "kimning klubi zo'r" o'yiniga berilib, hurmatni to'kish to'g'rimi?!  Nahot miriqib futbol ko'rib, natija qanday bo'lsada qo'l tashlashib xayrlashishning iloji yo'q?! Lol qoldiradigani ba'zilar futbolning bor kayfini  shundan deb tushunishida. "Urushmasa, so'kishmasa, talashmasa...unda muxlislik qilishdan nima foyda", - degandi bir odam menga. Ha! Mantiq — dahshat!

Xullas, bu safar ham «El-klasiko» atrofida klassik manzaraning guvohiga aylanamiz.

Qani edi yanglishayotgan bo'lsam, qani edi unday bo'lmasa!

Orif Tolipov.

BestMaster
28 Fevral 2020, 13:30
«el-klasiko», atrofidagi, klassik, manzara,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 nada  
realga omad
28 Fevral 2020, 20:23
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads