Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barsa» va «Real» Lautaro uchun kurash boshlashdi

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

.
- Yuklab olish

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin. 22 yoshli argentinalik futbolchiga «Barselona» va «Real» klublari qiziqish bildirishmoqda.

Kataloniyaliklar markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida Martinesni sotib olishmoqchi. O'z navbatida "Qirollik klubi"ga ham yuqori saviyadagi forvard kerak. Jamoa prezidenti Florentino Peres klubning bir necha rahbarlari bilan maslahatlashganidan keyin asosiy urg'uni argentinalik futbolchiga qaratishga qaror qildi.

Endi esa «Barselona» va «Real» klublar Lautaroning shaxsan o'zi bilan gaplashib, uni o'z safiga o'tishga ko'ndirishga harakat qilishadi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko'ra, «Barsa» sport direktori Erik Abidal va futbolchilar o'rtasida yuz bergan voqeadan so'ng Martines uchun kurashda «Real» ustunlikka ega.

Eslatib o'tamiz, Lautaroning «Inter» bilan shartnomasida 111 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

BestMaster
27 Fevral 2020, 21:30
«barsa», «real», lautaro, uchun, kurash, boshlashdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 nada  
real olishing kerek
28 Fevral 2020, 20:39
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads