Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» uchun dejavyu boshlanmoqdami?

«Real Madrid» uchun o'ta muhim hafta o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» uchun o'ta muhim hafta o'tmoqda. Ushbu hafta "Qirollik klubi"ning ushbu mavsumdagi taqdirini hal qilib beruvchi davr bo'lishi mumkin, xuddi o'tgan mavsumda bo'lgani kabi...

O'tgan mavsumning xuddi shu davriga kelib Santyago Solari boshqaruvidagi "qaymoqranglilar" bir hafta ichida birdaniga 3ta sovrindan mahrum bo'lishgan edi.

Ispaniya kubogi

2018/2019 mavsum
O'tgan yili "Real" Ispaniya kubogining yarim finaligacha etib kelib, bu bosqichda "Barselona" bilan to'qnash kelgan edi. Fevral oyi boshida "Kamp Nou"da o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda madridliklar 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Ammo 27 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan o'yinda esa Solari shogirdlari 0:3 hisobida yutqazib, musobaqa bilan xayrlashishgan edi.

2019/2020 mavsum
Ushbu mavsumda esa Zidan ushbu "vazifa"ni ertaroq "uddaladi". Bu safar jamoa chorak finalda o'z uyida "Real Sosedad"ga 3:4 hisobida yutqazdi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi. Dejavyu №1!

La liga

2018/2019 mavsum
O'tgan mavsumni ancha muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Real" fevral oyiga kelib peshqadam "Barsa"dan 9 ochko ortda qolib ketgan edi. 2019 yilning 3 mart kuni bo'lib o'tgan "el-klasiko"dan so'ng ("Real" - "Barselona" - 0:1) farq 12 ochko etdi. Ushbu to'qnashuvdan keyin madridliklar amalda chempionlik bilan xayrlashishdi. Mavsum so'ngida esa jamoa nafaqat chempionlikdan, balki 2-o'rindan ham quruq qolgandi.

2019/2020 mavsum
Zidan jamoasi Ispaniya chempionatidagi ketma-ket 2ta o'yinda umumiy hisobda 5 ochko yo'qotdi. Ikki tur oldin "Barselona" 3 ochko oldinda borayotgan jamoa mart oyi boshiga kelib azaliy raqibidan 2 ochko ortda qolmoqda. 1 mart, yakshanba kuni esa navbatdagi "klasiko" ham "Madrid" uchun katta ahamiyatga ega. Agar "Real" yutqazib qo'ysa, farq 5 ochkoga etadi. Mavsum oxirigacha bu farqni yo'qqa chiqarish qiyin bo'ladi. Dejavyu №2?

Evropa chempionlar ligasi

2018/2019 mavsum
O'tgan mavsumda EChLning nimchorak finalida qur'a "Real" uchun omadli kelgan edi. Hattoki klub dastlabki o'yinda "Ayaks" maydonidan 1:2 hisobida g'alaba bilan qaytgan edi. 2019 yilning 6 mart kuni esa amsterdamliklar Madridda 4:1 hisobida g'alaba qozonib, "Qirollik klubi"ni mavsumda so'nggi sovrindan ham mahrum etishdi.

2019/2020 mavsum
Bu safar esa "Real" EChLning guruh bosqichida 2-o'rinni egalladi va qur'a ularga "Manchester Siti"ni taqdim etdi. Kechagi o'yinni ko'rdingiz: so'nggi 12 daqiqa o'yin taqdirini butunlay boshqa tomonga o'zgartirib yubordi. Endi Zidan jamoasi 17 mart kuni Manchester shahrida ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonishi kerak.

Darvoqe, o'tgan mavsumda Serxio Ramos "Ayaks"ga qarshi dastlabki o'yin so'ngida sariq kartochka olib, javob o'yinida diskvalifikatsiyaga uchragandi. Bu safar ham jamoa sardori javob uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Dejavyu №3?!

"Real Madrid" bir hafta ichida 3ta musobaqadan chiqib ketgani uchun Santyago Solari iste'foga chiqarilgan edi. Shundan so'ng Zayniddin Zidan "Santyago Bernabeu"ga qaytdi. Frantsiyalik mutaxassisning taqdiri qanday bo'ladi. Buni balki navbatdagi 2-3 haftada bilib olarmiz?

BestMaster
27 Fevral 2020, 15:30
«real», uchun, dejavyu, boshlanmoqdami?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 magnifico  
Otgan yil otmishda qoldi agar Sollarini xatolaridanZidan togri xulosaga kelgan bolsa Fudbolchilar qovun tushurmay ishonchli oyin korsatsa bu dejavyularga ham chek qoyiladi. Realga galaba uchun hamma narsa bor va Insha'Allah Galabaga erishadi va Muxlislar ishonchini oqlab oz nomiga munosib mavsum Qiroli boladi
27 Fevral 2020, 23:16
 magnifico  
Realchilar aktivroq bolamiz Qirol oz taxtiga qaytmoqda
27 Fevral 2020, 23:17
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads