Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. G'alaba qozonayotgan «Real» o'yin so'ngida «tarsaki edi»

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidagi eng markaziy o'yinlardan biri "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichidagi eng markaziy o'yinlardan biri "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tdi. Sokinlik bilan boshlangan "Real" va "Manchester" jamoalari o'rtasidagi o'yin keskin burilishlarga boy bo'ldi.

Birinchi bo'limda har ikkala jamoa ehtiyotkor o'yin namoyish qildi, shunga qaramay, jamoalar golli vaziyatlarga ega bo'lishdi. Jumladan, bahsning 21-daqiqasida Kevin de Bryuynening aniq uzatmasidan keyin Jezus raqib jarima maydoniga kirdi, Varanni aldadi va yaqin masofadan zarba berdi. Kurtua "Madrid"ni qutqardi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida esa "Real" o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Ferlan Mendining yuqoridan etkazgan uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan xavfli zarba yo'lladi. Ederson zarbani bir amallab qaytardi, ammo darvoza maydoni chizig'i ustida to'pni egallagan Vinisius zarba bera olmay yiqilib tushdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda "shaharliklar" gol urishga yaqin kelishdi. Burchak zarbasi amalga oshirilganidan so'ng Kurtua to'pni egallay olmadi. Jezusning zarbasini esa Kazemiro va Ramos chiziq ustida qaytarib qolishdi.

Ikkinchi bo'limda esa Gvardiola jamoasi keskinroq o'ynay boshladi. Ammo hisobni ochish mezbonlarga nasib qildi. Vinisius raqib jarima maydoni yaqinida Otamendidan to'pni olib qo'yib, ichkariga kirdi va nariga qanotdan yordamga kelgan Iskoni to'p bilan ta'minladi. Ispaniyalik yarim himoyachi yakkama-yakka vaziyatda "Siti" darvozasini ishg'ol qildi.

Goldan keyin Zidan jamoasi tashabbusni o'z tomoniga og'dirdi, ikkinchi golni urish uchun oldinga o'tib turdi. O'yin tugashiga 12 daqiqa qolganida esa manchesterliklar kutilmagan vaziyatda hisobni tenglashtirishdi. Kevin de Bryuyne qanotdan etkazgan uzatmani Jezus bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Ushbu gol o'yinning borishini butunlay o'zgartirib yubordi. Oradan 4 daqiqa o'tib Karvaxal o'z jarima maydoni ichida Sterlingni chalib yiqitdi. Kevin de Bryuyne penaltidan unumli foydalanib, "Man. Siti"ni oldinga olib chiqdi.

Oradan yana 4 daqiqa o'tib Serxio Ramos maydondan chetlatildi. U darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Jezusni qo'li bilan to'xtatib qoldi. "Real" baxtiga ushbu vaziyat uchun penalti emas, jarima maydoni chizig'i ostonasidan jarima zarbasi belgilandi. Mahrezning zarbasini esa Kurtua egallab oldi.

Shu tariqa, "Manchester Siti" javob uchrashuvi oldidan jiddiy ustunlikka ega bo'lib oldi.

EChL, nimchorak final, dastlabki o'yin
Real Madrid Ispaniya – Manchester Siti Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 60 Isko, 1:1 – 78 Gabriel Jezus, 1:2 – 83, penalti de Bryuyne.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema.
Manchester Siti – Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandino, 33), Uoker, Gyundogan, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri Ernandes, Marez, Gabriel Jezus.
Ogohlantirishlar: Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).
Chetlatish: Ramos (86).

BestMaster
27 Fevral 2020, 03:00
galaba, qozonayotgan, «real», oyin, songida, «tarsaki, edi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads