Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning apellyatsiyasi rad qilindi: Rodrigo «el-klasiko»da ishtirok etmaydi

«Real» hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya La ligasining 26-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

.
- Yuklab olish

«Real» hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya La ligasining 26-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

19 yoshli braziliyalik futbolchi Ispaniya Segunda B ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Real Madrid Kastilya» – «San-Sebastyan-de-los-Reyes» o'yinida maydondan chetlatilgan edi.

O'yin so'ngida Rodrigo gol urdi va raqib darvozaboni qarshisida katta xursandchilik bilan golni nishonladi. Buning uchun u ikkinchi ogohlantirish, ketidan esa qizil kartochka oldi.

«Real» Rodrigoning chetlatilishi yuzasidan apellyatsiya berdi, ammo madridliklarning shikoyati rad qilindi. Shu bois, futbolchi na asosiy jamoa, na «Kastilya»ning navbatdagi o'yinida maydonga tusha oladi.

Bundan tashqari, «Real» 45 evro, Rodrigo esa 185 evro jarima to'laydi. Braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda "Qirollik klubi" safida barcha musobaqalar doirasida 21ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.

BestMaster
26 Fevral 2020, 22:00
«real»ning, apellyatsiyasi, qilindi, rodrigo, «el-klasiko»da, ishtirok, etmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads