Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

1/8 finalning eng muhim uchrashuvi haqida

.
- Yuklab olish

Stadion.uz “RealMadridvaManchesterSitito'qnashuvigato'xtalibo'tadi.

O'zaro to'qnashuvlar haqida

Shu kunga qadar ikki klub o'zaro EChL bahslarida ikki bor to'qnash kelishgan. Madridda o'tgan ikkita uchrashuvda ham “qirollik klubi”ning qo'li baland kelgan bo'lsa(3:2,1:0), Angliyadagi o'yinlari durang natijalar (0:0,1:1) yakunlangan.

Jamoa bosh murabbiylarining ikkisi ham futbolchilik davrida ushbu musobaqada g'olib chiqishni uddalagan.

Pep Gvardiola uchun “Manchester Siti” Madrid jamoasiga qarshi uning qo'l ostida harakat qilayotgan 3-jamoaga aylanadi.

Shu kunga qadar, ispaniyalik mutaxassis 4 bor(Barchasi “Barselona” bilan) EChL pley-off bahslarida “qirollik klubi”ga qarshi shogirdlarini maydonga boshlab tushgan va o'yinlarining 3 tasida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Bitta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

O'yin oldidan “Real Madrid” statistikasi

“Shaxarliklar”ga qarshi o'yin oldidan “Real Madrid” “La Liga” o'yinlarida 15 ta uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayotgan edi. “Levante”ga qarshi uchrashuvda (0:1) bu seriyaga barham berildi va musobaqa jadvalida “Barselona” azaliy raqibidan o'zib ketdi.

“Real Madrid” EChL guruh bosqichida PSJdan keyingi o'rindaguruhdan chiqdi. “Manchester Siti”dan farqli o'laroq, “Real Madrid” guruh bosqichida PSJdan yirik (3:0) mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

“Real Madrid” evrokuboklar doirasida “Santiyago Bernabeo”da o'tkazgan so'nggi 10 ta uchrashuvning atigi 3 tasida g'olib chiqdi xolos. 2 ta uchrashuvda g'olib anqilanmagan bo'lsa, yana 4 ta o'yinda mehmonlar “Real Madrid” ustidan g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishgan.

 “Real Madrid”ning bu mavsumda EChLdagi eng yaxshi to'purar futbolchisi Karim Benzema va Rodrigolar bo'lib turishibdi. Ularning xisobida 4 tadan gol mavjud.

 “qaymoqranglilar” uchun bu hafta oson kechmasligi aniq. sababi, ularni “Manchester Siti” bilan o'yindan so'ng, “el-klassiko” ham kutib turibdi.

O'yin oldidan “Manchester Siti” statistikasi

Madridga uchib ketish oldidan “qirollik klubi” “Lester”ni minimal xisobda engdi va “tulkilar”dan 7 ochkoga ilgarilab ketdi. “Liverpul” bilan o'rtadagi farq 22 taligicha qolmoqda.

“Shaxarliklar” EChL guruh bosqichini juda ishonchli tarzda o'tkazishdi va guruhda 14 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi.

“Manchester Siti”ning pley-offlarda ispan klublari bilan to'qnashuvlari ko'pincha ko'ngilsizlik bilan yakunlangan. Shu kunga qadar, “shaxarliklar” pley-offda ispan klublari bilan 10 ta o'yinda maydonga tushishga bo'lsada, atigi bir bor g'alaba qozonishgan xolos. 3 ta o'yinda murosaga kelingan bo'lsa, yana 6 ta uchrashuvda ispanlarning qo'li baland kelgan.

“Manchester Siti”ning EChLdagi eng foydali futbolchisi Rahim Sterling sanaladi. Vinger bu guruh bahslarida 5 ta gol kiritishga ulgurdi. Shuningdek, Riyad Marez hisobida 4 ta assist ham mavjudd.

“Manchester Siti” EChLdoirasidagi so'nggi 10 ta uchrashuvda 30 ta golkiritishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa 17 ta uchrashuvdan beri EChL o'yinlarini golsiz tark etmayapti.

Tarkiblardagi muammolar

“Real Madrid”ga “Siti” bilan o'yinda Eden Azar yordam bera olmaydi. Belgiyalik futbolchi Madrid jamoasida o'zining 4-jarohatini yaqindagina ortirib oldi. Shuningdek, jamoaga Asensio ham yordam bera olmaydi.

“Manchester Siti” etakchisi Rahim Sterling ham bu o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Shunga qaramay, Gvardiola shogirdi o'yinga tayyor ekanligini rasman ma'lum qildi. Leroy Sane birinchi uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq.

Bugungi o'yinda “Levante” bilan bahsda zahirada qolgan Federiko Valverde va “Lester”ga qarshi maydonga tushmagan David Silvalarni ko'rishimiz mumkin.

Tahminiy tarkiblar

«Reala» (4-3-3): Kurtua — Karvaxal, Varan, Ramos, F. Mendi — Kazemiro, Valverde, Kroos — Beyl, Vinisius, Benzema.

«Manchester Siti» (4-3-3): Ederson — Uoker, Fernandino, Lyaport, B. Mendi — Rodrigo, De Bryuyne, D. Silva — B. Silva, Sterling, Aguero

O'yin oldi fikrlar

Zayniddin Zidan

“Manchester Siti”ga qarshi uchrashuv ajoyib voqea. Ko'plab futbolchilar bunday o'yinlarda maydonga tushishni orzu qilishadi. “Shaxarliklar”ning kuchli tomonlari ko'p. Shuningdek, ularda zamonamizning eng yaxshi murabbiyi ishlamoqda. U men uchun dunyodagi eng yaxshi murabbiy.

Pep Gvardiola

Doimmo “Real Madrid”ning o'yinlaridan zavqlanganman. Ular bu musobaqaning finalida shunchalar kop ishtirok etishgan-ki, necha bor chempion bo'lishganini ham bilmayman. Biz ular singari musobaqaning azaliy fovoritlari bo'lishni istaymiz. Biz dunyoning eng go'zal stadionlaridan birida g'alaba qozonishni juda istayapmiz. Bizni musobaqaning chinakam qirollariga qarshi o'yin kutib turibdi.

BestMaster
26 Fevral 2020, 18:30
finalning, muhim, uchrashuvi, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads