Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Prevyu. "Real Madrid" - "Manchester Siti"

"Real" o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

.
- Yuklab olish

CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichining oxirgi o'yinlari qatoridan grand jamoalar to'qnashuvi ham o'rin olgan. Bizni oldinda musobaqa favoritlari qatorida tilga olingan ikki jamoa bellashuvi, zamonamizning eng kuchli murabbiylaridan hisoblangan ikki mutaxassis to'qnashuvi kutib turibdi. Afsus, bunday juftlik juda erta yuzaga keldi, axir bu to'qnashuv hech bo'lmaganda yarim final darajasiga to'g'ri kelardi.

Musobaqa yo'li

"Real" CHempionlar Ligasidagi ishtirokini juda omadsiz boshladi va dastlabki g'alabasini 3-turdagina qo'lga kiritdi. O'shanda ham "Galatasaray" minimal hisobda taslim etildi. Qura madridliklarga omadli keldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Guruh bosqichida "qaymoqranglilar" ikki oson raqibga ega bo'lishdi. Qanchalik urinmasin "Bryugge" va "Galatasaray" tajribali ispanlar bilan pley-off yo'llanmasi uchun chinakamiga kurasha olmaydi. Ikkinchi o'rindan "Real" havotirlanmasa ham bo'lardi, lekin qaysidir pallaga kelib, shu natija ham qo'ldan chiqishiga sal qoldi. Birinchi o'rin uchun kurashda esa PSJ ortiqcha qiyinchiliksiz Zidan shogirdlarini ortda qoldirib ketdi. Aynan shu sababli 1/8 final bosqichidayoq "qaymoqranglilar" shunday jiddiy raqibga ro'paro keldilar.

"SHaharliklar" navbatdagi ishtiroklarida ham guruh bosqichini juda oson bosib o'tdi. "Siti" faqatgina ikki bor ochko yo'qotdi, "Atalanta" va "SHaxter" bilan durang. Ammo dastlabki uch turda 100% natija ko'rsatgan jamoa biroz bo'shashishi ham mumkin edi. 

Muhim jihatlar

"Man Siti" ECHLdan quruq qolishi mumkin, ammo bu hali aniq emas. 

Ikki hafta avval futbol olamida shov-shuvli xabar tarqaldi. Hozirgi kunda jahonning eng kuchli klublaridan biri, so'nggi yillarda Angliya nomidan xalqaro arenada muntazam ishtirok etib kelayotgan "Man Siti" ikki yilga musobaqadan chetlatilishi mumkin. "SHaharliklar" xo'jayinlari bemalol dam olib, tushlarida o'z jamoalari ECHL sovrinini boshi uzra ko'tarayotganini ko'rayotgandilar, lekin endi "Siti" nechchi mavsumdan buyon intilayotgan g'alaba yana bir necha yilga qoldirilishi mumkin.

Katta klublar ortiqcha etibor ham bermayotgan, qaysidir manoda mensimayotgan MFP tufayli bunday keskin jazoni hech kim kutmagandi. UEFA vakillari "boyvochcha bo'lsang o'zingga" deyishdi chog'i, Evropaning eng boy klublaridan biriga bunday chora ko'rish niyatidalar. Hozir tomonlarning hovuri ancha bosildi, "Siti" qarorni qayta ko'rib chiqish borasida ariza topshiradi va jazo umuman qo'llanilmay, yo'q bo'lishi ham mumkin. "SHaharliklar"ning "qo'li ancha uzun" va o'sha "qo'llar" imkon qadar vaziyatni qutqarishga harakat qiladi. Uyog'ini endi vaqt ko'rsatadi. Hozir, shunchaki, CHempionlar Ligasi "Siti" uchun ikki barobar muhimroq ahamiyat kasb eta boshlaganini takidlash mumkin. Gvardiola shogirdlari g'alaba uchun bor kuchlarini, kerak bo'lsa undanda ko'prog'ini berishga tayyorlar. 

"Real" ketma-ket ikki bor qoqildi, "Siti" yana g'alaba qozonmoqda. Jamoalar holati haqida

Madridliklar oxirgi ikkita o'yinda muammolarga duch kelishdi. Deyarli yutilgan uchrashuvda durang va autsayderdan qabul qilingan mag'lubiyat. "Real" shu tariqa etakchilikni "Barselona"ga topshirib qo'ydi. Bu uchrashuvlarda "qaymoqranglilar" himoya chizig'i butkul o'ziga o'xshamadi. Oxirgi 4 o'yinda "Real" 8ta gol qo'yib yubordi. Taqqoslash uchun: Primeraning undan oldingi 21 o'yinida u 9 ta gol o'tkazib yuborgandi. Ortiqcha izohga hojat yo'qdek. SHu o'rinda, "Real"ning oxirgi bellashuvlardagi raqiblari istalgan poziciya bo'yicha "Man Siti"ning yaqiniga ham kela olmasdi.

Inglizlar ham ideal o'yin namoyish qilishmayapti. Ketma-ket "Tottenxem" va "MYU"dan uchralgan mag'lubiyat, yana bu o'yinlarda Pep shogirdlari umuman gol ura olishmadi. Omadsizliklarni "shaharliklar" ikki quruq o'yin va g'alabalar bilan yuvishga ulgurishdi. Jumladan, ikkinchi o'rin uchun kurashish niyatida bo'lgan "Lester" bilan o'yinda g'alaba, gol o'tkazilmadi. So'nggi ikki o'yinda ikkita g'alaba har holda raqibning holatidan yaxshiroqdek.

Azar — out, Sterling — in. "Real" uchun sezilarli, lekin to'ldirib bo'lmas yo'qotish emas 

Eden Azardan Madridda juda ko'p narsa kutishgandi, kutishmoqda ham. Yangi etakchi, birinchi darajali yulduz bo'lishidan umid qilishgandi, lekin hozircha Azar bularning hech birini amalga oshira olmadi. Mavsum avvalida futbolchi yangi jamoaga, chempionatga moslashishi, tatildan so'ng sport formasini tiklashiga vaqt talab etildi. Keyin ishga jarohatlar, jiddiy jarohatlar aralashdi. Angliyada oyog'idan ancha-muncha zarba qabul qilgan belgiyalik Ispaniyadagi ilk mavsumdayoq Tumanli Albionda 7 yilda o'tkazib yuborgancha o'yindan chetda qoldi. "Real" mavsumning asosiy qismida usiz vaziyat chiqishiga to'g'ri keldi, bu safar ham Azarsiz maqsadga erishish talab qilinadi. 

"Man Siti" undanda ulkanroq yo'qotishga duch kelishi mumkin edi. Sababi Raxim Sterling "shaharliklar"ning etakchisi, u CHempionlar Ligasida jamoaning to'purari va uning maydondagi o'rnini to'ldirishning deyarli iloji yo'q. Oxirgi ikki o'yinni Raxim jarohat sabab o'tkazib yubordi, "Real" bilan birinchi o'yinda ham uning maydonga tushishi so'roq ostida edi, biroq Gvardiola matbuot-anjumanida barchasiga oydinlik kiritdi va savollarga o'rin qoldirmadi.

Gvardiola va Zidan nafaqat "soch turmagi" bilan bir-birlariga o'xshaydilar, balki ularning jamoalari ham bir xil 4-3-3 taktik sxemasida harakat qiladi. O'zaro o'yinda murabbiylar keskin o'zgarishlarga qo'l urishmasa kerak. Har holda birinchi o'yinda...

Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

BestMaster
26 Fevral 2020, 15:00
prevyu, real, madrid, manchester, siti,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads