Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Qahramon Aslanov maqolasi: «Real»ga qarshi o'yinda butunlay boshqacha «Manchester Siti»ni ko'ramiz

“Manchester Siti”ning “Real”ga qarshi o'yinlardagi imkoniyati haqida gap ketganda, APL dagi vaziyatdan kelib chiqishni maslahat bermagan bo'lardim.

.
- Yuklab olish

“Manchester Siti”ning “Real”ga qarshi o'yinlardagi imkoniyati haqida gap ketganda, APL dagi vaziyatdan kelib chiqishni maslahat bermagan bo'lardim.

Ha, u erda Pep Gvardiola shogirdlari beqaror, ha, “Liverpul” bilan oradagi farq 22 ochkoni tashkil qilmoqda – bir qaraganda bu farq jamoalar o'rtasidagi darajani ham belgilab beradigandek. Agar “PSJ” va undan 22 ochko ortda borayotgan ta'qibchi haqida gap ketganida, bu to'g'ri, lekin “Manchester Siti” baribir “Liverpul” bilan bir darajadagi va Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib qolaveradi.

Tasavvur qiling, siz “Manchester Siti”siz. “Liverpul”ga eta olmaysiz, hamma o'yinni yutgan taqdiringizda ham, “Liverpul” ham xuddi shunday qiladi. Pastga ham tushib ketmaysiz, ta'qibchilaringiz sizdan badtar beqaror. Xo'sh, bunday vaziyatda, bor imkoniyatni ishga solib, g'alabali seriyalar amalga oshirish mumkinmi?

To'g'ri, “Siti” professional klub, futbolchilar ham har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushishadi, muxlislar uchun o'ynashadi, qo'shilaman. Lekin bilasizmi, hamma o'yinni yutish uchun bu etarli emas. Har o'yinga bor kuchni tashlash uchun baribir turnir motivatsiyasi ham juda zarur bo'ladi.

Ayta olasizmi, agar hozir hammasi noldan boshlab, “Siti” va “Liverul” chempionlik uchun kurashga kirishishsa, yana Klopp osonlik bilan o'zib keta oladimi? Yo'q, albatta, tarkib, o'yin, imkoniyat, umuman hamma masalalarda “Manchester Siti” “Liverpul”dan hozir ko'rinib turgan darajada kuchsiz emas. Ayrim jihatlarda ustun ham, ishonavering.

Aytmoqchimanki, “Real”ga qarshi “Liverpul”dan 22 ochko ortda borayotgan beqaror “Manchester Siti” emas, g'oliblik uchun asosiy da'vogar bo'lgan, har jihatdan Evropaning eng zo'rlaridan biri bo'lgan “Manchester Siti” o'ynaydi.

Chunki bu erda hammasi noldan boshlanmoqda.

Qahramon ASLANOV.

BestMaster
26 Fevral 2020, 12:00
qahramon, aslanov, maqolasi, «real»ga, qarshi, oyinda, butunlay, boshqacha, «manchester, siti»ni, koramiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads