Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Orif Tolipovdan anons: "Napoli"ni ermakka aylantirgan Aurelio"

Aurelio De Laurentis - "Napoli" futbol klubi prezidenti. Asl kasbi -- kinorejissyor. Uning bu mavsumda "Napoli"da qilayotgan ishlarini ko'rib tragediya janridagi film suratga olishni boshlabdi, deyish mumkin.

.
- Yuklab olish

Aurelio De Laurentis - "Napoli" futbol klubi prezidenti. Asl kasbi -- kinorejissyor. Uning bu mavsumda "Napoli"da qilayotgan ishlarini ko'rib tragediya janridagi film suratga olishni boshlabdi, deyish mumkin.

EChL guruh bosqichi o'yinlaridan biridan so'ng, noyabr oyida klub kiyinish xonasida isyon chiqdi. Klubdagi kelajagi, rahbariyatning munosabatidan qoniqmayotgan etakchi futbolchilar isyonning boshida edilar. Haqiqat futbolchilar tomonida ekanini sezgan bosh murabbiy ular tomonida bo'ldi. So'ng...

Masalan, dadam haligacha "Everton"dagi Karlo Anchelottini ko'rib - "Bular qaysi aqli bilan shunday murabbiydan voz kechdi?!", - deb qo'yadi. Ha! Anchelotti ketdi. De Laurentis esa bir amallab futbolchilar bilan kelishdi. Gattuzoni olib keldi. Juda ishonchli bo'lmasada ochkolar ishlamoqda. Lekin bu nimjon "Napoli" bugun "Barselona"ga qanchalik qarshilik ko'rsatadi?! ADL ikkiminginchi yillar o'rtasida klubni inqirozdan olib chiqib tiklagan edi. Yana o'zi o'sha ko'chaga qarab olib borayotgandek tuyuladi, ba'zan. Go'yo klub uning ermagidek... qimmatbaho ermagidek gap!

Raqibning hamma ustidan kulgan yangi a'zosi -- Breytueyt allaqachon assistlarni o'z hisobiga yozishni boshlagan bir vaqt hozir. Ichkaridagi atmosfera haqida salbiy fikrlar urchiy boshlashi bilan gollari bilan hammani boshqa tomonga qarashga majbur etgan Messi haqida-ku alohida to'xtalish shart emas. Neapolliklar raqibining qarshisidan eng yomon, noqulay vaqtda chiqishyapti! Keyin, masalan hozir ularga bahordagi "ortiqcha" o'yinlar foydadan ko'ra zarardek, go'yo.

Bir so'z bilan aytganda men favqulodda biror holat yuz bermasa, kataloniyaliklar oldida muammo ko'rmayapman. Italiya klublariga qarshi omadsizliklarga esa ortiqcha urg'u bermagan bo'lardim.

BestMaster
25 Fevral 2020, 17:00
tolipovdan, anons, napolini, ermakka, aylantirgan, aurelio,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads