Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: «Bir haftada 5 ochko yo'qotish — bu sharmandalik»

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yin (0:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu sharmandalik. Chunki bir haftada 5 ochko yo'qotdik. Lekin bu futbol.

Meni [«Man Siti» va «Barselona»ga qarshi o'yinlardan oldin] hech narsa xavotirga solayotgani yo'q. Bu futbol, bunaqasi bo'lib turadi.

Ushbu mavsumda biz uchun juda yaxshi davrlar bo'ldi. So'nggi 2ta natija tufayli biz boshimizni egmaymiz. Katta ishtiyoq va kuch bilan oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Bu shunchaki omadsiz davr bo'ldi. Keyingi haftada bo'ladigan o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak. Navbatdagi o'yinlarga ushbu mavsumdagi barcha narsa tikilgan», – dedi Zidan.

"Real"ni 26 fevral kuni Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Manchester Siti", 1 mart kuni esa La liga doirasida "Barselona"ga qarshi o'ta muhim o'yinlar kutib turibdi.

BestMaster
23 Fevral 2020, 08:00
zidan, «bir, haftada, ochko, yoqotish, sharmandalik»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 _Turkmenistan_  
Exxx Real Real
23 Fevral 2020, 09:58
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads