Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» «Man Siti» va «Barsa»ga qarshi o'yinlar oldidan yutqazdi

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Real" safarda "Levante" klubi mehmoni bo'lib, kutilmaganda, yutqazib qo'ydi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Real" safarda "Levante" klubi mehmoni bo'lib, kutilmaganda, yutqazib qo'ydi.

Zidan ushbu o'yinga jangovar tarkibni tashladi, ammo valensiyaliklar mardonavor o'yin namoyish qilishdi. Mezbonlar raqibning ko'plab xavfli hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo'lishdi.

O'z navbatida madridliklar ham ko'pgina imkoniyatlardan foydalana olishmaganini ta'kidlash lozim. Xususan, birinchi bo'limda Benzema qulay vaziyatda zarba berish o'rniga sherigiga uzatma berishga qaror qilib, imkoniyatni qo'ldan chiqardi. Ikkinchi bo'limda esa Azar darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, muvaffaqiyatli zarba bera olmadi.

O'yin tugashiga 12 daqiqa qolganida esa "Levante" yarimta imkoniyatni golga aylantirdi. Olis masofadan uzatilgan to'pga Xose Luis Morales etib bordi va o'tkir burchak ostida juda kuchli va aniq zarba bilan Kurtuani dog'da qoldirdi.

Shu tariqa, "Real" jadvalning ikkinchi qismida borayotgan jamoaga sensatsion tarzda yutqazdi va Ispaniya chempionatida peshqadamlik mavqeini topshirdi.

"Madrid"ni 26 fevral kuni Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Manchester Siti", 1 mart kuni esa La liga doirasida "Barselona"ga qarshi o'ta muhim o'yinlar kutib turibdi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Levante – Real Madrid 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 79 Morales.
Levante – Fernandes, Postigo, Tono, Bruno Gonsales, Miramon, Vukchevich, Bardi, Kampanya, Roxer Marti (Melero, 67), Mayoral (Leon, 88), Morales (Martines, 81).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Ramos, Karvaxal, Marselo, Modrich (Valverde, 81), Kazemiro, Isko (Vaskes, 73), Kroos, Azar (Vinisius Junior, 67), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (10), Roxer Marti (35), Kazemiro (71).

BestMaster
23 Fevral 2020, 03:30
liga, «real», «man, siti», «barsa»ga, qarshi, oyinlar, oldidan, yutqazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads