Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

LaLiganing bugungi o'yinlari uchun prevyu

Bugun, 22 fevral kuni LaLiganing 25-turidan o'rin olgan bir nechta uchrashuv bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

"Atalanta"ga yutqazib qo'ygan "Valensiya", La Ligada "Real Sosedad" mehmoni bo'ladi. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi farq esa bor yo'g'i birgina ochkoni tashkil qilmoqda. Keyingi turda bizni "El-Klasiko" kutib turibdi! Hafta o'rtasida har ikki jamoa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi ishtirokini boshlaydi, lekin nima bo'lsa ham ichki chempionatda ochko yo'qotishning vaqti emas.

"Barselona" vs "Eybar"

Barcelona

LaLiga . 25-tur

22/02/2020, 20:00

- : - Boshlanmadi

Eibar

Stadion: Camp Nou

Bosh hakam: Cesar Soto

Match-senterda ochish

"Barselona" ko'p hollarda "Eybar"ga qarshi o'yinda ortiqcha muammolarga duch kelmaydi. Oxirgi 10 g'alaba osonlik ila, ikkita to'p farqi bilan qo'lga kiritilgan. Hattoki hozirgi holatida ham "Barselona" o'z maydonida autsayderga qarshi o'yinda asabiylashishga hojat qoldirmasligi zarur. Primera etakchilarini oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi.

O'yinning asosiy intrigasi – daniyalik forvard "Barselona" safida ilk o'yinini o'tkazishi bilan bog'liq. Martin Breytueyt kataloniyaliklar safida faqat Ispaniya chempionati o'yinlarida maydonga tusha oladi. Yarim yildan kamroq vakt davomida bu transferga sarflangan pullar oqlanishi dargumon va yozda "ko'k-anorranglilar" futbolchini o'z saflarida olib qolmasalar ham kerak.

"Eybar" borgan sari musobaqa jadvalining quyiga qarab ketmoqda. Bahorda klubning asosiy vazifasi chempionatda jon saqlab qolish uchun kerak ochkolar qo'lga kiritish, lekin bu ish bugun amalga oshmasa ajabmas.

"Real Sosedad"  vs "Valensiya"

Real Sociedad

LaLiga . 25-tur

22/02/2020, 22:30

- : - Boshlanmadi

Valencia

Stadion: Reale Seguros Stadium

Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez

Match-senterda ochish

"Sosedad"ning o'tgan turdagi o'yini qoldirildi va yo'qotilgan ochkolar bo'yicha San-Sebastyan jamoasi CHempionlar Ligasiga yo'llanma beruvchi o'rindan bir qadam masofada turibdi. Qo'shimcha dam olish kunlari futbolchilarga salbiy tasir ko'rsatmasa kerak. Aksincha, qiyin o'tgan Qirol Kubogi bahslaridan so'ng, o'yinchilar dam olishga qarshi bo'lishmagan bo'lsa kerak.

"Valensiya" kutilmaganda CHempionlar Ligasi pley-offida "Atalanta"dan yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ispaniyaliklar safida yagona golni Denis CHerishev urishga erishdi va javob o'yiniga kichik bo'lsada, umid qoldirdi. "Valensiya"ga jarohatlar ham pand berishi mumkin. Bir qator muhim futbolchilar hamon o'yindan chetda qolishmoqda. "Sosedad"ga qarshi o'yinda "ko'rshapalaklar"ga anchagina qiyin bo'ladi.

"Levante" vs "Real Madrid"

Levante

LaLiga . 25-tur

23/02/2020, 01:00

- : - Boshlanmadi
BestMaster
22 Fevral 2020, 17:30
laliganing, bugungi, oyinlari, uchun, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads