Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Haftaning top-8 voqeasi: Qirol Erling va g'aroyib «Atalanta»

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ortda qolayotgan haftada Evropa futbolida barchaning e'tiborini o'ziga tortgan  voqealarga qisqacha to'xtalib o'tadi.

 

Arsenalyana yutqazmadi

Londoning “Arsenal”jamoasi Mikel Arteta qo'l ostida 2020 yil davomida 9 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, hali mag'lubiyat alamini tortganicha yo'q. “To'pchilar”“Olimpiakos”ustidan mehmonda minimal hisobda g'alaba qozonishganidan xabaringiz bor. Ha aytgancha, Evropa jamoalari ichida “Bavariya”va “Verona”klublari ham yangi yildan beri mag'lub bo'lishgani yo'q.

 

Cherishevdan rekord

Rossiyalik futbolchi EChL doirasida “Atalanta”klubiga qarshi uchrashuvda bejiz maydonga tushmadi. Avvalo uning javob uchrashuvi oldidan “Valensiya”ga kichik umid taqdim etganini alohida qayd etib o'tish joiz. Shuningdek, qahramonimiz maydonga tushgach, 2 daqiqada gol kiritdi va bu boradagi Soldadoning rekordini tortib oldi. Unga qadar ispaniyalik hujumchi zaxiradan o'yinga qo'shilganidan 4 daqiqa o'tibgina gol kiritishni uddalagan edi.

 

Darvozabonlar Londondagi o'yinlarni qutqarishdi

Madridda bo'lgan uchrashuvda atigi bir bor seyv ijro etildi. Morataning zarbasini Alisson qaytardi va bo'ldi. Boshqa vaziyat ko'zga tashlanmadi. Dortmund va Parij to'qnashuvida ham aytarli seyvlarga ko'zimiz tushmadi. Londondagi o'yin esa bulardan umuman o'zgacha ko'rinish oldi. Gulachi ham, Loris ham o'sha kuni o'zlarini ko'rsatishni uddalashadi. EChLda haftaning eng yaxshi darvozaboni sifatida e'tirof etilgan Ugoga alohida to'xtalib o'tishga qaror qildik. Mourino Son va Keynsiz qolganiga qaramay, tarkibda Loris bor. U javob uchrashuvida bir o'zi “mo''jiza”ko'rsatishga qodir ekanligini Londonda isbotlab qo'ydi.

 

Jerrarddan yana firmenniykambek

Stiven Jerrard boshchiligidagi “Glazgo”Evropa ligasi doirasida 66-daqiqaga qadar 0:2 hisobida engilayotgan edi. Faoliyati davomida hech qachon erta engilmagan futbolchi “Braga”ga qarshi ham mag'lub bo'lishni istmadi. U amalga oshirgan o'zgarishlar darrov maydonda effekt berishni boshladi. Avvaliga afsonaviy Georgi Xajining o'g'li Yanis hisobni tenglashirgan bo'lsa, Aribo vaziyatni shotlandlar tomoniga og'dirdi. To'g'ri, “Glazgo Reynjers”g'alaba qozondi, biroq ularni Portugaliyadagi javob uchrashuvi kutib turibdi.

 

LiverpulMadridda qoqildi

Madridda to'qnash kelgan “muz”va “olov”o'rtasidagi bahs kutilmaganda “sovuq”o'yin uslubidan foydalangan “Atletiko”foydasiga hal bo'ldi. To'g'ri, “Liverpul”ning mag'lub bo'lishi haftaning eng ko'zga ko'ringan voqeasi bo'lgani yo'q, shunchaki Klopp shogirdlari o'yin davomida birorta aniq zarba berishni uddalay olmagani hayron qoldirdi. O'sha oqshom Klopp tanlagan strategiya ish bermadi. Simeone esa durangga umid qilgan edi. Saul uning umidlarini g'alabaga aylantirib berdi. Eng qizig'i shundaki, javob uchrashuvi umuman boshqa ko'rinish oladi. Biz tezkor qaror qabul qiluvchi agressiv “Liverpul”va ehtiyotkor va qarshi hujumga suyangan xavfli “Atletiko”to'qnashuvidan ( birinchi o'yindan farqli o'laroq) zavq olishimiz aniq!

 

Kamtarin Xetafe

O'tgan mavsum kashfiyotlari sanalgan “Ayaks”uchun “Xetafe”ortiqcha qiyinchilik tug'dirmasligi tahmin qilgan edi. Atigi bir mavsum ilgari “Real Madrid”, “Yuventus”singari jamoalarni mehmonda ham qiyin ahvolda qoldirgan gollandlar ortiqcha qiyinchiliksiz “xokisor”“Xetafe”ni engishlari kerak edi. Ispaniyadagi uchrashuv esa, barchada ikkita fikr uyg'otdi. “Xetafe”juda ayyor va “Ayaks”ancha zaiflashibdi. Menimcha, birinchi fikr biroz haqiqatga yaqinroq. La Ligada ko'rimsizgina tarkib bilan ham kuchli to'rtlikda ketayotgan klub to'g'ri tanlangan taktika evaziga “Ayaks”ga o'yin bermadi. Gollandlaro'yin davomida atigi bir aniq zarba berishdi, xolos. 2:0 va “Xetafe”javob bahsi oldidan kichik sensatsiya ko'rsatib bo'ldi. Katta ehtimol bilan bu jamoa “Ayaks”ga kambek qilishga bermasa kerak. Yana kim biladi deysiz?

 

Erling Mbappega dars berdi

Dyugarrining fikrlari keskin, biroq haqiqat. Darhaqiqat, agar Mbappe “Oltin to'p”ni olishni istasa, Xoland singari barchani shokka tushurib qo'yishi kerak. Bu ikki bo'lajak yulduzlar to'qnashuvida norvegiyalik bolakay nafaqat Mbappega, balki butun PSJga kichik dars o'tib berdi. Xoland kiritgan ikkita golni bir eslang! Qahramonimiz barchasini xuddi 15 yillik tajribasi bor hujumchilardek bajaribgina qolmay, uchrashuv davomida to'liq himoyaga ham qaytishga ulgurdi. Shunday bo'lsada, Parijda oson bo'lmasligi aniq. Neymarning goli vaziyatni biroz chigallashtirdi. Buning ham o'ziga xos tomonlari mavjud. Agar, Xoland Parijda ham o'zini ko'rsata olsa, ana keyin uni superyulduzlar qatorishiga qo'shishimiz mumkin bo'ladi.

 

“Atalanta” butun Evropani hayratda qoldirdi

Barchaning ham hafta davomida 10 uchrashuvni to'liq tomosha qilish uchun vaqti yo'q. Shu sababli, kimlargadir “Xetafe” yoki “Atalanta”ning qanchalar yaxshi o'yin ko'rsatayotganidan bexabar qolayotgan bo'lishi mumkin. Hayron bo'lmang, “Atalanta” ayni damda butun Evropadagi eng kuchli hujum uyushtiradigan jamoalardan biriga aylanib olganiga ancha bo'ldi.

 

Bergamoliklarning stadionlari EChL talablariga javob bermagani uchun “San-Siro” yordamga keldi. Muxlisalar ushbu arenada shunday shovqin ko'tarishdiki, hatto “Milan” tifozilarining ham havasi kelib ketdi. O'yin ham shunga yarasha bo'lganini alohida qayd etib o'tish joiz. Xatebur va De Ron ispanlarni ancha qiyin ahvolga solib qo'yganiga guvoh bo'ldingiz. Boz ustiga, klub o'z tarixida ilk bor EChLning pley-off o'yinida ishtirok etdi va uni o'z foydasiga hal etdi. “San-Siro”da o'ynagan bergamoliklar ushbu haftaning chinakam qahramonlari desak, adashmagan bo'lamiz.

BestMaster
21 Fevral 2020, 23:00
haftaning, top-8, voqeasi, qirol, erling, garoyib, «atalanta»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads