Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Pley-offning 1/8 bosqichi haqida raqamlar so'zlaydi

.
- Yuklab olish

Stadion.uz EChL musobaqasining 1/8 bosqichi haqidagi qiziqarli statistik ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tadi.

Ushbu bosqichda eng ko'p ishtirok etgan klub?

«Real» - 17

«Bavariya», «Barselona» - 16

«Arsenal», «Chelsi» - 14

«Manchester Yunayted», «Portu», «Yuventus», «Lion» - 11

«Milan» - 10

«Inter» - 9

Chempionlar Ligasining yangi formati ishga tushganiga 17 yil bo'lgan bo'lsa, “Real Madrid” biror marotaba guruhda qolib ketmagan. “Bavariya” va “Barselona” atigi bor ushbu bosqichda to'p surmagan xolos. Kataloniyaliklar 2003/04-yilgi mavsumda 1/8 bosqichiga etib kelish uyoqda tursin, musobaqada ishtirok ham etmagan. Ular “Li Liga”da 6-bo'lib finishga etib kelgan bo'lsa, “Bavariya” 2007-yilda Bundesligani 4-o'rinda yakunlagani uchun musobaqadan chetda qolgan.

 

Ushbu bosqichda eng ko'p qaysi davlat klublari ishtirok etgan?

Angliya — 59

Ispaniya — 54

Italiya — 41

Germaniya — 39

Frantsiya — 27

Ingilizlar musobaqada g'olib chiqish borasida Ispanlardan orda qolishayotgan bo'lsada, ushbu bosqichda aynan ularning klublari ko'proq to'p tepishgan. Yangi formatda o'tkazilgan musobaqada ishtirok etish borasida APL klublariga teng keladigan topilmasa kerak.

Ushbu bosqichda eng ko'p g'alaba qozongan jamoa?

«Barselona» - 13

«Bavariya» - 11

«Real» - 9

«Chelsi» - 8

«Yuventus», MYu — 7

«Liverpul» - 6

«Arsenal», «Milan» - 5

«Atletiko», «Inter», PSJ, «Lion», «Portu» - 4

Bu bosqichda “Barselona” eng omadli klub xisoblanadi. Jamoa o'zi ishtirok etgan 1/8 final bahslarining atigi uchtasini boy bergan xolos. Qolgan 13 ta o'yinda raqibalrini musobaqadan chiqarib yuborgan. “Real Madrid” 17 ta to'qnashuvning atigi 9 tasidagina g'alaba qozongan xolos. Shu o'rinda qiziqarli ma'lumot. Musobaqani nimchorak finalda tark etish borasidagi anterekord “Arsenal”ga (9 ta mag'lubiyat) tegishli.

Ushbu bosqichda eng ko'p gol kiritgan jamoa?

«Bavariya» - 74

«Barselona» - 69

«Real» - 54

«Arsenal», «Chelsi» - 34

«Yuventus» - 32

«Shalke» - 31

«Lion», «Man Siti», MYu, PSJ — 26

Eng ko'p gol o'tkazib jamoa?

«Arsenal» - 42

«Real» - 39

«Bavariya» - 36

«Barselona» - 32

«Chelsi», «Portu» - 30

«Bayer» - 27

Eng yirik xisobdagi g'alaba?

Ushbu bosqichda bir yo'la 3 bor 7:0 natijasidagi yirik g'alabalar kuzatilgan.

“Bavariya” “Bazel” va “Shaxtiyor”ni etita javobsiz gol evaziga mag'lub etishni uddalagan. Uchinchi bor bu xisob “Manchester Siti” va “Shalke” o'rtasidagi o'yindan so'ng tabloda paydo bo'lgan.

1/8 final bosqichida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi?

Krishtianu Ronaldu (MYu, «Real», «Yuventus») - 30

Lionel Messi («Barselona») - 28

Iker Kasilyas («Real», «Portu») - 27

Andres Inesta («Barselona») - 25

Dani Alves, Zlatan Ibragimovich, Aren Robben, Serxio Ramos - 23

Xabi Alonso, Patris Evra, Sesk Fabregas, Frenk Lempard – 21

1/8 final bosqichida eng ko'p gol kiritgan futbolchi?

ionel Messi («Barselona») - 26

Krishtianu Ronaldu (MYu, «Real», «Yuventus») - 23

Tomas Myuller («Bavariya») - 12

Robert Levandovski, Karim Benzema — 9

Terri Anri, Serxio Aguero, Aren Robben — 8

Edinson Kavani, Samuel Eto`O, Mario Gomes, Zlatan Ibragimovich, Robin van Persi — 6

BestMaster
19 Fevral 2020, 01:30
pley-offning, bosqichi, haqida, raqamlar, sozlaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Зур
19 Fevral 2020, 08:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads