Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barsa» va «Real»ning qaysi o'yinchilari «el-klasiko»ni o'tkazib yuborishi mumkin?

«Real» va «Barselona» klublari o'rtasidagi navbatdagi o'yin 1 mart kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

«Real» va «Barselona» klublari o'rtasidagi navbatdagi o'yin 1 mart kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi. Har ikkala jamoa safida mazkur uchrashuvni o'tkazib yuborish xavfi ostida turgan futbolchilar bor.

Jumladan, «Barselona» himoyachilari Samuel Umtiti va Kleman Langle navbatdagi o'yinda sariq kartochka olishsa, «Real»ga qarshi kechadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Langle yaqindagina qizil kartochka tufayli diskvalifikatsiya muddatini o'tagan edi, ammo uning "sariq"lari "kuyib" ketmadi.

"Ko'k-anorranglilar" shanba kuni "Kamp Nou"da "Eybar"ni qabul qilishadi. Mezbonlar mazkur o'yinda yuqoridagi ikki himoyachining ogohlantirish olmasligi va barcha futbolchilarning jarohat orttirmasligiga umid qilishadi.

«Madrid» safida esa Ferlan Mendi diskvalifikatsiyadan bitta "sariq" masofada turibdi. Frantsiyalik himoyachi Zidan jamoasidagi muhim o'yinchilardan biriga aylandi. Uning maydonda bo'lmasligi "Real"ning "klasiko"da kuchsizlanib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. «Qaymoqranglilar» keyingi turda safarda «Levante»ga qarshi maydonga chiqishadi.

«Real»ga qarshi o'yinda «Barsa»ga Luis Suares, Usmon Dembele va Xordi Alba yordam bera olmasligi aniq.

Madridliklar safida jarohatlanganlar kamroq: Eden Azar tiklanishga ulgurgan bo'lsa, Marko Asensio va mashg'ulotda jarohat olgan Mariano Dias "el-klasiko"da ishtirok etishmaydi.

BestMaster
18 Fevral 2020, 21:30
«barsa», «real»ning, qaysi, oyinchilari, «el-klasiko»ni, otkazib, yuborishi, mumkin?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 7
 nurbektajybayeq  
Real hudobholasa real yutady 3-1 barselona
18 Fevral 2020, 22:29
 nurbektajybayeq  
Hudo hohlasa Azar 2 ta gol uradi
18 Fevral 2020, 22:38
 eden-azar_7  
Yutsa buldi
18 Fevral 2020, 23:56
 lochin4478  
Faqat va faqat G'ALABA!!!!
19 Fevral 2020, 14:54
 _Turkmenistan_  
Omad REALim omad insholloh yutqazmaymiz
19 Fevral 2020, 14:56
 u7777u  
Реал 5-0 барса
19 Fevral 2020, 15:36
 realmad  
Real golib bolsa bolgani qolgani qiziqmas
19 Fevral 2020, 21:16
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads