Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Top klublar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar bilan tanishing

 

.
- Yuklab olish

Avvalroq top klublardagi eng ko'p golga hammualliflik qilgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tgan edik. Bugun shu mavzuning mantiqiy davomi sifatida grand jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'puarlar haqida ma'lumot berib o'tamiz.

“Real Madrid”

Krishtiyanu Ronaduni bu rekordni o'ziniki qilib olishi uchun deyarli 10 yil kerak bo'ldi. Portgualiyalik futbolchi “qirollik klubi” safida 438 ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsada, o'z hisobiga 450 ta gol yozib qo'yishni uddalagan futbol tarixidagi yagona futbolchi.

Barselona

Argentinalik daxoxisobida aynan damda 622 ta gol mavjud bo'lib, futbolchi bu ko'rsatgichni zabt etishi uchun 713 ta o'yinda maydonga tushishiga to'g'ri keldi. Leo nafaqat gol kiritish borasida, balki assistlar borasida ham “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo'lib turibdi. Yaqin 10 yil ichida undan bu ko'rsatgichlarni “yulqib” oladigan futbolchi paydo bo'lmasa kerak.

“Atletiko Madrid”

Ayni damda Kataloniyaga ko'chib o'tgan GrizmanMadridliklarning eng yaxshi to'purari sanaladi. Uning xisobida “matraschilar” libosida kiritilgan 133 ta gol mavjud bo'lib, frantsuz bu natijaga erishishi uchun 257 ta o'yinda maydonga tushishiga to'g'ri kelgan. Undan keyingi o'rinlarda Torres, Aguero, Forlan, Falkao singari forvordlarborishmoqda. Agar klub o'z hujumchilarini sotib yubormaganida, katta ehtimol bilan ushbu rekord yuqorida nomi zikr qilinganlardan biriga nastib etgan bo'lar edi.

“Liverpul

Hozirgi “Liverpul” qanchalar kuchli bo'lmasin, uning futbolchilari Ian Rash ancha oldin o'rnatgan(299 ta gol)plankadan balandroq sakrashni uddalay olganicha yo'q. Maslan Salahning hisobida 89 ta gol mavjud va u klub tarixidagi 8-o'rindagi to'purar futbolchi xolos. “Liverpul”ning o'tgan asrdagi yulduzi jamoa shrafini 590 ta uchrashuvda himoya qilganini alohida e'tirof etish joiz.

“Manchester Siti”

Serhio Aguero kundan-kunga o'z rekordini kattalashtirib borish bilan band. Ayni damda uning xisobida 252 ta gol mavjud bo'lib, futbolchi 363 ta uchrashuvda “shaxarliklar” libosida maydonga tushishga ulgurgan. Uning rekordi Messiniki singari yaqin yillarda yangilanmasligi aniq. Sababi, klubning ikkinchi raqamli to'purari – Sterling xisobida atigi 84 ta gol mavjud xolos.

“Chelsi”

“Chelsi” afsonasi Messi singari klubdagi eng yaxshi to'purar bo'libgina qolmay, eng ko'p ko'p assistni amalga oshirgan futbolchi ham sanaladi. Qahramonimiz “Chelsi”dan ketganida uning xisobida 210 ta gol mavjud edi. Undan keyingi o'rinda borayotgan Drogbada 164 gol mavjudligini inobatga olsak, Frenk “Chelsi” uchun naqadar muhim figura bo'lganini darrov anglab olamiz.

“Manchester Yuanyted”

Ueyn Runi jamoaga o'spirin paytida keldi va klubni tirik afsona maqomida tark etdi. 559 ta uchrashuv va 253 ta gol. Runi bu ko'rsatgich borasida ikkinchi o'rindagi Rayn Giggzdan deyarli 90 ta golga ilgarilab ketgan.

Arsenal

“Kononirlar” safidagi barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi va muxlislar yoqimtoyi sifatida barchaning yodida qolgan Anri xisobida 228 ta gol mavjud. Bu “Arsenal” tarixidagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi. Undan keyingi o'rinni yana bir o'tmish afsonalaridan biri Ian Rayt o'zining 149 ta goli bilan band qilib turibdi.

“Yuventus”

Klub afsonasi jamoa safida eng ko'p gol kiritgan futbolchi ekanligi hech kimga sir emas. “ko'hna seniora” safida 706 ta o'yinda maydonga tushgan afsonaviy futbolchi qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarni boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Turinda uning nomi bilan bir nechta mahsulotlar hali ham ishlab chiqarilmoqda.

“Milan”

Barcha bu joyda Inzagi yoki Shevchenkoning bo'lishini tahmin qilgan bo'lishi mumkin, biroq rekord “Milan”ning uzoq o'tmishdagi yulduzi Guran Nordonga (213 ta gol)tegishliligacha qolmoqda.

“Milan” safida 40-50-yillar oralig'ida haraka qilgan shved shu qadar yaxshi to'p surgan-ki, birorta “rossoneri”lar safida harakat qilgan futbolchi uning rekordini yangilay olgani yo'q.

“Roma”

“Bo'rilar to'dasining sardori” klub safida eng yaxshi to'puarligini yaqin yillar ichida hech kimga bermoqchi emas. Darhaqiqat, uning xisobida “Roma” libosida o'tkazilgan 785 ta uchrashuv va 307 ta gol mavjud.

Totti yangi asrda Rimning timsoliga aylanib ketgan super mega yulduz darajasiga ko'tarildi. “Roma” esa, uni o'z tarixidagi eng yaxshi to'purar darajasiga olib chiqdi.

“Bavariya”

Gerd Myuller o'z vaqtida chinakam gol mashinasi bo'lganini statistika aytib turibdi. “Bavariya” safida 575 ta uchrashuv va 515 ta gol. Unga etib olishning deyarli iloji yo'q. Ikkinchi o'rinda borayotgan Robert Levandovskiyning xisobida 226 ta gol mavjud xolos.

PSJ

Eng qizig'i shundaki, Parij klubi o'z tarixini yozishga harakat qilayotgan bo'lsada, o'z tarixidagi eng yaxshi to'purarni jamoada olib qolishni istamayapti. Gap Edinson Kavani haqida borayotganini darrov angladingiz menimcha. Qahramonimiz PSJ safida 295 ta o'yinda maydonga tushgan va o'z hisobiga 199 ta gol yozib qo'yishni uddalagan. Bunday rekord xatto Ibrahimovichda(165 ta gol) ham yo'q!

BestMaster
18 Fevral 2020, 15:00
klublar, tarixidagi, yaxshi, topurarlar, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Яхши
18 Fevral 2020, 18:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads