Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yulian Nagelsmann: "Real"da murabbiy o'sishiga imkon berishmaydi"

"RB Leypcig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann nega 2018 yil yozida "Real"ga rad javobi berganini tushuntirib berdi.

.
- Yuklab olish

"Sizga "Real"dan qo'ng'iroq qilib, taklif bilan chiqishsa o'ylab ko'rishga ortiqcha vaqt bo'lmaydi. Ammo o'ylab ko'rib qaror chiqarish zarur. Dastlab xayron bo'lgandim, keyin barchasini tarozining ikki pallasiga qo'yib ko'rdim. Agar Madridga yo'l olsam, u erda o'zimni erkin his qilmasdim. Men o'sishim, murabbiy sifatida rivojlanishim zarur. "Real"ga yo'l oladigan bo'lsangiz, siz murabbiy sifatida yaxshiroq bo'lishga imkoningiz yo'q.

Eng yaxshi murabbiy bo'lishga vaqt yo'q, siz shundoq ham eng zo'ri bo'lishingiz kerak. SHundagina siz "Madrid"da ishlay olasiz. Ochiqchasiga tan olish kerak, hozir men eng yaxshisi emasman. Lekin yaqin yillar ichida Evropadagi eng yaxshilardan biri bo'lishni orzu qilaman. "Real Madrid" yoki "Barselona" boshqaruvini qo'lga olar ekansiz, muxlislar, media va rahbariyat sizga ortiqcha vaqt berishmaydi.

Ular har bir o'yinda zafar quchishni, muntazam sovrinlar yutishni, CHempionlar Ligasida zafar quchishni xohlashadi. Agar siz kutilgan natijaga erisha olmasangiz: "Uzr, men hali yoshman, o'z ustimda ishlayapman va o'sishda davom etyapman", - deya olmaysiz. Futbolda faoliyatingiz borasida uzoq yillik, aniq reja tuzish mushkul. Bu erda kutilmagan voqealar ko'p bo'ladi.

Asosiysi – katta qadamlar emas, to'g'ri qadam tashlash.

"Real", nazarimda, murabbiy faoliyatida mavjud eng katta qadamlardan biri, shu sabab men o'ylab qoldim: "Sen endi 31ga kirasan, "Real"ga yo'l olding, keyin nima bo'ladi?".

Masalaning yana bir tomoni, men uchun til juda muhim. Men suhbatlashishni, futbolchilar bilan doimo aloqada bo'lishni yoqtiraman. Hozircha esa men ispan tilida so'zlasha olmayman", – dedi Nagelsmann. 

BestMaster
15 Fevral 2020, 15:15
yulian, nagelsmann, realda, murabbiy, osishiga, imkon, berishmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads