Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Real Madrid”, “Barselona” va boshqa grandlar tarixidagi eng ko'p assistni amalga oshirgan futbolchilar kim?

.
- Yuklab olish

“Osasuna”ga qarshi bahsda Karim Benzema gol urishnni uddalay olmadi, biroq u“qirollik klubi”dagi o'zining 132-golli uzatmasini amalga oshirdi. Bu butun jamoa tarixidagi eng yaxshi natija(!) degani! Xo'sh, boshqa jamoalarda bu ko'rsatgich borasida kimlar etakchi?

“Barselona”

Leo nafaqat gol urish, balk unga hammuallif bo'lishda ham benazirligini namoyish etishda davom etmoqda. Ayni damda uning xisobida 259 ta assist mavjud. Undan keyingi o'rinda borayotgan xavida 184 ta uzatma mavjud.

 

“Atletiko”

Qizig'i shundaki, Koke bu rekordni o'ziniki qilib olish uchun 100 ta uzatma kifoya qildi. Yosh bo'lishiga qaramay, “Atletiko Madrid”ning ramziy jamoasidan joy olgan futbolchi o'z vaqtida bir nechta grandlarga rad javobini berishni uddalagan.

 

“Liverpul”

Stiven Jerrard nafaqat sardor, balki jamoaning chianakam haloskori edi. Istanbuldagi finalning o'zi Stivenning xotirasini abadiylashtirish uchun kifoya. Ayni damda Shotlandiyada faoliyat olib borayotgan murabbiyning xisobida 115 ta golli uzatma mavjud. Bu rekordni Kloppning “qo'rqinchli” yigitlari ham yanglishga “yoshlik” qilishyapti.

“Manchester Siti”

Bugun uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida qisqacha fikr yuritgan edik. Darhaqiqat, Silva “Siti” tarixidan muqim o'rin egallashga munosib. Uning xisobidagi 137 ta samarali uzatma ham shundan dalolat berib turibdi.

“Chelsi”

Sezganingizdek bu rekord ayni damda jamoani boshqarayotgan Frenk Lempardga tegishli. U “aristokratlar” safida 150 ta assistni amalga oshirgan yagon futbolchi.

“Arsenal”

Jamoada uzoq qolmaganiga qaramay, Fabregas o'zidan yaxshi nom qoldirishga ulgurdi. 92 ta aniq uzatma va u “kononirlar” safidagi eng ko'p assistni amalga oshirgan futbolchiga aylanib oldi. Sesk jamoadan ketganiga deyarli 10 yil bo'lganiga qaramay, birorta futbolchi uning natijasini qaytara olmadi.

“Yuventus”

Turinlik muxlislar yoqimtoyi va futbol olamining “erkatoy” futbolchisi - Allesandro Del Piero xisobida 79 ta aniq uzatma mavjud. Bu “zebra”lar tarixidagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi.

“Inter”

Deyan Stankovich va Maykon bu rekordni munosib bo'lishib turishibdi. Shunday bo'lsada, Maykonni alohida ko'rsatish insofdan bo'ladi. Sababi, braziliyalik futbolchi 50 ta uzatmani qanot himoyachisi bo'lib ham amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan. Stankovich esa, ko'proq jarima zarbalari bilan yodimizda qolgan.

“Bavariya”

O'rganilmagan shaxs va sportchi - Tomas Myuller allaqachon 182 ta golda ishtirok etishga ulgurdi. Shuningdek, Frak Riberi hisobida ham huddi shuncha uzatma mavjud. Myuller mavsum yakuniga qadar yana bitta assistni amalga oshirsa, mutloq peshqadamlikni qo'liga olishi aniq 

PSJ

Parij klubiga katta pullar kelishi bilan kuchli ijrochilar ham jamoa safida ko'rnish berishni boshladi. Di Maria ham shular jumlasidandir. So'nggi turda o'zini ko'rsatgan argentinalik futbolchi 86 ta golda faol ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi. Katta sahnaga endi chiqqan jamoa futbolchisi uchun chakki natija emas.

BestMaster
12 Fevral 2020, 04:00
“real, madrid”, “barselona”, boshqa, grandlar, tarixidagi, assistni, amalga, oshirgan, futbolchilar, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 _Turkmenistan_  
Omad
12 Fevral 2020, 14:59
 u7777u  
Бензима га омад
12 Fevral 2020, 18:35
 nada  
Realchilaga omad
12 Fevral 2020, 21:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads