Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» irodali g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» mehmoni bo'lib, o'z hisobiga 3 ochkoni yozib qo'ydi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida «Real» safarda «Osasuna» mehmoni bo'lib, o'z hisobiga 3 ochkoni yozib qo'ydi.

Mezbonlar 14-daqiqada burchak zarbasini amalga oshirib, Unai Garsiyaning goli evaziga hisobni ochishdi.

Shundan so'ng Zidan shogirdlari "uyg'onishdi" va tanaffusga qadar raqib darvozasiga 2 marta yo'l topishdi. Dastlab Isko, oradan 5 daqiqa o'tib Serxio Ramos gol muallifiga aylanishdi.

Ikkinchi bo'limda "Osasuna" hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandi. Ammo ular tomonidan yo'l qo'yilgan xatolardan "Qirollik klubi" ikki marta samarali foydalanib, hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.

Ushbu g'alabadan keyin "Real" o'z ochkolarini 52taga etkazib oldi.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Osasuna – Real Madrid 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 14 Unai Garsiya, 1:1 – 33 Isko, 1:2 – 38 Ramos, 1:3 – 84 Vaskes, 1:4 – 90 Yovich.
Osasuna – Errera, Vidal, Unai Garsiya, Estupinyan, David Garsiya, Roberto Torres (Kardona, 77), Brashanats, Ruben Garsiya, Inigo Peres, Arnais (Galego, 61), Monkayola (Merida, 10).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Mendi, Modrich, Valverde, Isko (Vinisius Junior, 82), Kazemiro, Beyl (Vaskes, 71), Benzema (Yovich, 88).
Ogohlantirishlar: Vidal (57), David Garsiya (69), Karvaxal (73), Ramos (79).

BestMaster
9 Fevral 2020, 22:30
liga, «real», irodali, galabaga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads