Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng katta maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati bilan tanishing

.
- Yuklab olish

So'nggi yillarda futbolchilarning maoshlari jadallik bilan o'sib bormoqda. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, grandlar yulduzlarni jamoada saqlab qolish uchun katta miqdorda maosh to'lashlariga to'g'ri keladi. Stadion.uz ayni damda sayyoramizning eng katta maosh oluvchi futbolchilari bilan tanishtirib o'tadi.

Garet Beyl

“Real Madrid” jamoasining ayni damdagi eng isyonkor futbolchisi bo'lishiga qaramay, uelslikning futbolchining oylik maoshi 2,5 million evroga teng. “Real Madrid”da Beyldan boshqa hech kim yiliga 30 million evro maosh olmaydi. So'nggi mavsumlarda “golfchi” laqabini ortirib olgan Garetning o'yinida keskin pasayish kuzatilganiga qaramay, uning maoshi pasaygani yo'q.

Antuan Grizmann

Kataloniyaga ko'chib kelganidan beri o'zligini izlash bilan band yigitning maoshi ham chakki emas. Kataloniyaliklar Antuanga har oyda 2,9 million evro maosh to'lashmoqda. Bu yiliga 34,8 millionga degani. Bugungi kunda Grizmann o'ziga bildirilayotgan ishonchni to'liq oqlaganicha yo'q, biroq barchasi iziga tushib ketishi ham hech gap emas.

Luis Suares

Dunyoning eng kuchli markaziy hujumchisi Luis Suaresning maoshi borasida hech kimda savollar bo'lmasa kerak. Jarohatidan forig' bo'lish bilan band Suares ham klubda Grizmann singari yiliga 34,8 million evro maosh olib kelmoqda. Suares “Barselona” uchun qanchalar muhim figura ekanligini muxlislar u jarohat olganda yanada yaxshi anglab etishmoqda.

Neymar

Parij shahrining “erkatoy” mehmonlaridan biri – Neymar ham katta maosh oluvchi sportchilardan biri. Bugungi kunda Parijliklar braziliyalik futbolchini jamoada bir yil ushlab turish uchun 36 million evroning baxridan o'tishmoqda. Bu oyiga 3 million evro degani. Neymar o'ziga sarflangan va sarflanayotgan pullarni to'liq oqlashi uchun hech yo'q bir bor jamoani EChLda g'olib bo'lishiga yordam berishi kerak. Aks holda, "Neymar" loyixasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniq.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu ismi tushirilgan futbolkalar sayyoramizning barcha nuqtalaridan mavjud ekaligi hech kimga sir emas. Turin super klubi portugaliyalik futbolchini qo'lga kiritish orqali bir yo'la bir nechta yo'nalishlarda oldinga qadam tashlashga muvaffaq bo'ldi. Marketing borasida sezilarli o'sish kuzatilganidan ham xabaringiz bor. Bunday rivojlanishning sababchisi bo'lgan Ronalduning maoshi ham baland bo'lishi tabiiy. Ayni damda, “Yuventus” futbolchisining yillik daromadi 54 million evroga teng. Oyiga 4,5 million evro maosh oluvchi futbolchining Yoshi 35 da bo'lishiga qaramay, uning maydondagi harakatlari kishini quvontirmoqda.

Lionel Messi

Messining personal muxlislari xafa bo'lmasin-u, biroq so'nggi yillarda argentinalik futbolchi shartnomani yangilash borasida klubga umuman “shavqat” qilmay qo'ydi. Uning otasi va akasi yildan-yilga shartnomani o'zlari uchun qulay tuzishning yangidan-yangi yo'llarini o'ylab topishdan charchashmayapti. Masalan, klub va futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnomaning bandlariga ko'ra, Messi yozda erkin agent sifati klubdan ketish huquqiga ega. Vaholanki, shartnoma 2021 yilga qadar imzolangan. 2017 yilda imzolangan shartnomada  Messining yillik daromadi 99,6(!) million evro bo'lishini uning agenti talab qilgan edi. Bechora “Barselona” Messini salqab qolish uchun bu shartga ko'ngan va hali ham o'z tarbiyalanuchisi uchun yiliga deyarli 100 million evro sarf etib kelmoqda. Qaysidir ma'noda Messining klub uchun qilgan ulkan ishlarini ham unutmaslik lozim. Kataloniya klubining yangi asrdagi ulkan g'alabalari ortida Messi borligi hech kimga sir emas. Nima bo'lgan taqdirda ham, argentinalik futbolchi har oy klub byudjetida 8,3 million evro maosh oladi. Agar, qahramonimiz “Manchester Siti”ga o'tadigan bo'lsa, bu ko'rsatgich yanada oshishi mumkin.

BestMaster
8 Fevral 2020, 23:00
katta, maosh, oluvchi, futbolchilar, royxati, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads