Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sayyoramizning eng katta maosh oluvchi murabbiylari bilan tanishing

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ayni damda futbol olamida eng katta maosh olayotgan murabbiylar ro'yxati bilan tanishtirib o'tadi.

 

Antonio Konte

Italiyalik murabbiy o'zining maoshi borasida uzoq muzokaralar olib boraganidan xabaringiz bo'lmsa kerak. Qiziqqon Antonioning “Inter”dagi oylik maoshi 1,38 million evroni tashkil etmoqda. Bu yiliga 16,6 millionga teng. Hozircha, “Inter” “Skudetto” uchun kurashga jiddiy kirishgan. Agar, mavsum finishiga kelib, “Inter” “Yuventus”dan chempionlikni yulqib olsa, kelasi mavsumda Konte bilan tuzilgan shartnoma qayta ko'rib chiqishili mumkin.

 

Zayniddin Zidan

“Qirollik klubi” ustozining Madridga qaytishi omadsiz ko'rinish olgandek tuyulayotgan edi, biroq hammasi sekin-asta o'z joyiga tushib bormoqda. Qayta qurishni amalga oshirayotgan Zidanning oylik maoshi 1,4 million evroga teng. Fransiyalik murabbiyning yillik daromadi esa 16,8 millioni tashkil etmoqda.

 

Yurgen Klopp

So'nggi mavsumlar davomida barchaning e'tibori va mehrini qozongan “Liverpul” ustozi maoshi borasida ham peshqadamlik qila olmaydi. Nemis mutaxassisining so'nggi yillardagi zafarli yurishlariga qaramay, u sayyoramizning eng qimmat moashga ishalaydigan murabbiydan deyarli 3 barobar kamroq daromad olmoqda. Bugungi kunda Klopp uchun “Liverpul” yiliga 17,5 million evro to'lamoqda. Bu oyiga 1,46 millionga teng.

Joze Mourino

“Tottenhem” “Benazir”ni ko'ndirish uchun uzoq muddat harakat qilishga majbur bo'ldi. Klub rahbari Joze yordamida “Tottenhem”ning imidjini ham ko'tarib olishni rejalashtirgan edi. Qaysidir ma'noda bunga ham erishga muvaffaq bo'ldi. Bugungi kunda Jozening matbuot anjumanlari jurnalistlar bilan liq to'la honalarda o'tmoqda. To'g'ri, jamoaning natijalari ko'ngildagidek emas, biroq “Tottenhem”ning ahvoli “Arsenal”nikidan ancha yaxshiroq. Ayni damda “shporlar” Jozenin hizmatlari uchun yiliga 17,5 million evro to'lashmoqda. Agarda, “Tottenhem: mavsum so'nggida kuchli to'rtlikdan joy olsa, bu summa yana katalishishi mumkin.

 

Pep Gvardiola

Ispaniyalik mutaxassis dunyoning eng qimmat murabbiyi sanaladi. To'g'ri, uning maoshidan ham kattaroq mo'yona oluvchi mutaxassis mavjud, biroq Pepning istaklarini ro'yobga chiqarish qo'shimcha bir necha o'n millionga tushadi. Masalan, u bir mavsumning o'zida ikkita qimmat darvozabon olishi, ikki marotaba dunyoning eng qimmat himoyachisini xarid qilishi mumkin. Soddaroq qilib aytganda “erkatoy” murabbiy. Bugungi kunga kelib uning yilik maoshi 23,3 million evroga teng. “Shaxarliklar” murabbiy uchun oyiga 1,94 million to'labgina qolmay, uning juda katta shtabiga ham katta moash to'lab kelishmoqda. Shunday bo'lsada, Pepning Angliyadagi muvaffaqiyatlarini unutmaslik lozim. Aynan ispaniyalik murabbiy ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan kamyob murabbiylardan biri.

Diego Simione

“Atletiko Madrid” rahbarlari klubdagi asosiy yulduz murabbiy deb hisoblashadi. Jamoadagi asosiy futbolchilar ham murabbiy singari katta maosh olishmaydi. Yodingizda bo'lsa, Simione EChL finalida ikkinchi marotaba engilganida, klubda ketmoqchi bo'lgan edi. Pul tejash borasida professional “matraschilar” kam masaliq bilan shedevr taom tayyorlaydigan “oshpaz”ni qo'yib yuborishni istamadi va uni eng katta maosh oluvchi murabbiyga aylantirishga qaror qilishdi. Darhaqiqat, er yuzida birorta murabbiyning yillik maoshi 43 million evroga teng emas. Argentinalik murabbiyning oyligi 3,6 millionga teng. Shunga qaramay, “Atletiko Madrid”dagi keskin ko'tarilish davri uchun Simione juda katta hajmdagi ishni bajardi. Bu mavsumda ishlar yurishmayotgan bo'lishi mumkin, biroq har qanday jamoada pasayish kuzatilishi tabiiy hol.

BestMaster
8 Fevral 2020, 16:00
sayyoramizning, katta, maosh, oluvchi, murabbiylari, bilan, tanishing,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads