Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Nega «Real» transferlarga muhtoj emas?

«Real» Madrid futbol klubining joriy tarkibi, Zidanning murabbiylik xususiyatlari va klubning istiqboli haqida.

.
- Yuklab olish

«Real» Madrid futbol klubining joriy tarkibi, Zidanning murabbiylik xususiyatlari va klubning istiqboli haqida.

Asosiysidan boshlaymiz. «Real»ning naq 20 futbolchisi o'tgan mavsum davomida maydonda 1000 daqiqadan ko'proq o'ynashgan. 2500 daqiqaga yaqin to'p surgan futbolchilar faqat Krishtianu Ronaldu va Toni Kroos. Chempionatda holdan toydiruvchi 3000 daqiqa davomida jamoada biror futbolchi maydonda o'ynamagan. Bu esa nafaqat ajoyib, shuningdek, misli ko'rilmagan ko'rsatkich. Rotatsiya fanati Luis Enrike ham «Barselona» o'z etakchilaridan ko'proq foydalanishga majbur bo'lgan. Raqamlar ayniqsa qisqa asosiy tarkib ishqibozlari Diego Simeone va Antonio Kontening natijalari bilan solishtirilsa, yanada ko'proq taassurot qoldiradi. «Atletiko»da Koke, Felipe Luis va Antuan Grizmann 3000 daqiqadan ko'proq o'ynagan. «Chelsi»da Aspilikueta chempionatda 3500 daqiqa mobaynida to'p surgan. Bu esa Ronaldu barcha turnirlarda o'ynagan daqiqalarga teng.

Rotatsiya sabog'i (ehtiyot bo'ling, zerikarli raqamlar)

Xo'sh, raqamlarga to'la va zerikarli kirish qismi edi, u tugadi. Baxtimizga u tugadi. U shuning uchun ham zarur ediki, bizga bir tezisni isbotlab bermog'i lozim edi: Zayniddin Zidan — rotatsiya dahosi! Ta'kidlayman — bu Zidanning qanday murabbiy ekanligini uzil-kesil anglatuvchi xulosa emas. Gap faqat o'yinchilar o'rtasida vaqtni qanday taqsimlab, jamoani jipslashtirish haqida bormoqda. Luka Modrich va Karim Benzema Nachodan ham kamroq o'ynagan mavsumda jamoa qo'zg'alon qilmasdan, bo'linib ketmasdan, so'nggi o'yinning so'nggi soniyasigacha birlikni saqlab qoldi. Yangi o'yin qoidalari oldida Ronaldu ham bosh egdi (endi uni o'yinda almashtirsa bo'ladi), Kazemiro ham mutlaqo almashtirib bo'lmas o'yinchi unvonidan voz kechdi (uning chempionatda to'liq o'ynagan o'yinlari 20 tadan kam)… Juda ko'plab murabbiylar og'zidan yangraydigan, «jamoaga hamma kerak, hamma o'yinda vaqtga ega bo'ladi», kabi siyqasi chiqqan gap — Zidanga kelganda haqiqat ham ekanligi oydinlashdi. Daho-da u!

To'g'ri, lekin u komfort sharoitlardagina daho. Masalan, Xames Rodriges va Alvaro Moratadek o'yinchilar zaxira o'rindig'ida o'tirgan sharoitda. Maydonda Isko, yodda Beyl bilan.

«Real»ning kuchi zaxirada. Qizig'i shundaki, sifatli o'yinchlarning soni bir vaqtni o'zida Rafa Benitesni sindirgan yuk bo'lishi ham, Zidanni yuksaltiruvchi tramplin ham bo'lishi mumkin ekan. Frantsuz 19–20 kishidan iborat guruh bilan o'zini komfort his qilishini ko'rsatib berdi. Uning boshqaruvidagi «Real»ning boshlang'ich 11talik tarkibi mavsumning har bir bo'lagida sanab aytib berish oson edi. Jami mavsum bo'yicha o'sha «boshlang'ich 11talik» shunchakimas, u shuvashib ketgan.

Qanday qilib «Real» yanada kuchliroq bo'ldi?

«Real» o'zining kuchsiz tarafini shunday berkita oldiki,

Davomi

BestMaster
12 Iyul 2017, 15:10
«real», transferlarga, muhtoj, emas?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 fanat_real  
Davomi yo'q doimgidek
12 Iyul 2017, 21:00
 ajtdmw  
Ex blat
13 Iyul 2017, 20:20
achi
 achi  
no insof
14 Iyul 2017, 19:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads