Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi va Ronalduning qancha maosh olishi aniq bo'ldi (+reyting)

Frantsiyaning "L'Equipe" nashri jahon futboli yulduzlari qancha maosh olishi haqidagi ma'lumotlarni topishga muvaffaq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Frantsiyaning "L'Equipe" nashri jahon futboli yulduzlari qancha maosh olishi haqidagi ma'lumotlarni topishga muvaffaq bo'ldi.

Jahondagi eng yuqori maosh "Barselona" sardori Lionel Messiga tegishli. Argentinalik futbolchining oylik maoshi 8,3 mln evroga teng.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning maoshi esa Messinikiga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Portugaliyalik futbolchining hisobi oyiga 4,5 mln evroga boyiydi.

Uchinchi o'rinni "PSJ" forvardi Neymar egalladi. Braziliyalik futbolchining bir oylik maoshi 3 mln. evrodan biroz oshadi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u jamoadoshi Kilian Mbappeni ortda qoldirgan. Frantsiyalik futbolchining bir oylik maoshi 2 mln evroga ozgina etmaydi.

Shuningdek, "Barselona" hujumchilari – Antuan Grizmann va Luis Suaresning oylik maoshi ham 3 mln evro arofida. "Real" yarim himoyachilari — Garet Beyl va Eden Azar oyiga 2,5 mln evrodan maosh olishadi.

Angliyada esa eng ko'p oylik maosh "Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xeaga tegishli (1,76 mln evro). Bu ko'rsatkich bo'yicha u Mesut O'zil ("Arsenal") va Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")ni ortda qoldirgan. Bu futbolchilarning oylik daromadtlari 1,64 mln evroni tashkil etadi.

Bundesligada esa eng yuqori maoshni "Bavariya" Robert Levandovski va Filippe Koutinoga to'laydi — 1,66 mln evrodan.

"Yuventus" a'zolari — Gonsalo Iguain va Paolo Dibala Italiya chempionatida eng ko'p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kirishgan — mos ravishda 1,09 va 1,06 mln evro.

Ma'lumot o'rnida. Bu summalarda soliq va boshqa ajratmalar chiqarib tashlanmagan.

Eng ko'p oylik maosh oluvchi futbolchilar reytingi (top-20):

1. Lionel Messi — 8,3 mln. evro
2. Krishtianu Ronaldu — 4,5 mln evro
3. Neymar — 3 mln evro
3. Antuann Grizmann — 3 mln evro
3. Luis Suares — 3 mln evro
6. Garet Beyl — 2,5 mln evro
7. Eden Azar — 2,5 mln evro
8. Kilian Mbappe — 1,91 mln evro
9. Devid de Xea — 1,76 mln evro
10. Robert Levandovski — 1,66 mln evro
10. Filippe Koutino — 1,66 mln evro
12. Mesut O'zil — 1,64 mln evro
12. Kevin de Bryuyne  — 1,64 mln evro
14. Tiyago Silva ("PSJ") — 1,5 mln evro
15. Edinson Kavani ("PSJ") — 1,345 mln evro
16. Markinos ("PSJ") — 1,2 mln evro
17. Marko Verratti ("PSJ") — 1,2 mln evro
18. Anxel di Mariya ("PSJ") — 1,1 mln evro
19. Gonsalo Iguain — 1,09 mln evro
20. Paolo Dibala  — 1,06 mln evro

BestMaster
7 Fevral 2020, 23:00
messi, ronalduning, qancha, maosh, olishi, aniq, boldi, +reyting,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads