Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. "Real" va "Barselona" safarda, "Atletiko" o'z maydonida o'ynaydigan tur prevyusi

Ispaniya chempionatida 23-tur o'yinlari jumadan shanbaga o'tar kechasidan boshlanadi.

.
- Yuklab olish

O'tgan turda bir qator qiziqarli bahslar bo'ldi. “Madrid derbisi”da “Qirollik klubi” vakillari g'alabaga erishib peshqadamlikni mustahkamlab olgan bo'lsa, Bilbaoning “Atletik”i o'z maydonida turnir jadvalida “kuchli uchlik”da joylashgan “Xetafe”ga imkoniyatni boy berdi. Xo'sh, 23-tur qanday o'tadi? Ushbu turda bizga namoyish etilishi mumkin bo'lgan bir qator qiziqarli uchrashuvlar prevyusi bilan quyida tanishib oling.08.02 01:00 (Toshkent vaqti) “Alaves” – “Eybar”Turning ilk bahsida bo'ladigan o'yin ham yaxshigina intriga bera oladi. Sababi 22-turdan so'ng jamoalar turnir jadvalida yonma-yon joylashganlar (15-16-o'rinlar). Har ikki jamoada ham bir xil 24 ochko mavjud. So'nggi turda “Alaves” “Sevilya” bilan, “Eybar” esa “Betis” bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkanlar.O'yinga oid faktlar:- “Alaves” hujumchisi Mato Xoselu La Liganing so'nggi 10 o'yinida 6 ta gol urdi.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Tomas Pina (“Alaves”), Kike Garsiya, Serxio Alvares Dias, Ivan Ramis (“Eybar”).

Deportivo Alaves

LaLiga . 23-tur

08/02/2020, 01:00

- : - Boshlanmadi

Eibar

Stadion: Estadio Mendizorroza

Bosh hakam: Eduardo Prieto

Match-senterda ochish

08.02 17:00 (Toshkent vaqti) “Levante” – “Leganes”“Levante” La Ligada so'nggi 4 uchrashuvda yutqazdi. Pako Lopez jamoasi 13-o'rinni egallab turibdi. “Leganes” esa so'nggi 7 ta bahsda faqat bitta mag'lubiyat qayd etgan (3 g'alaba, 3 durang). Xaver Agirre shogirdlari 18 ochko bilan 18 o'rinda.O'yinga oid faktlar:- “Levante” chempionatda uydagi 10 ta uchrashuvning 7 tasida yutqazmagan (5 g'alaba, 2 durang).- “Levante” hujumchisi Rojer Marti La Liganing oxirgi 9 o'yinida 6 ta gol urdi.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Ivan Lopes, Rober Per (“Levante”), Aleksandr SHimanovski (“Leganes”).So'roq ostida: Nemanya Radoya (“Levante”), Ibragim Amadu (“Leganes”).

Levante

LaLiga . 23-tur

08/02/2020, 17:00

- : - Boshlanmadi

Leganes

Stadion: Estadio Ciudad de Valencia

Bosh hakam: Jose Luis Gonzalez

Match-senterda ochish

08.02 20:00 (Toshkent vaqti) “Xetafe” – “Valensiya”Kim nima desa desin-u, lekin Ispaniyada 23-turning markaziy uchrashuvi mana shu bahs, ishoning. Jamoalarni turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan bor-yo'g'i 2 ochko ajratib turibdi. “Xetafe” 39 ochko bilan 3-o'rinda bo'lsa, “Valensiya” 37 ochko bilan 5-pog'onada. “Xetafe” jamoasi so'nggi 3 uchrashuvda g'alaba qozongan bo'lsa, “Valensiya” avvalgi 8 ta o'yinda faqat bir marta yutqazgan va yana 5 g'alaba hamda 2 durang.O'yinga oid faktlar:- “Xetafe” joriy chempionatning so'nggi 12 o'yinida atigi 2 marta mag'lubiyatga uchragan;- “Valensiya” hujumchisi Maksimiliano Gomes La Liganing oldingi 4 ta o'yinida 3 ta gol urgan.Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Vitorino Antunesh, Filip Manoylovich (“Xetafe”), Esekiel Garay, Manu Valexo, Kristian Pichchini (“Valensiya”).So'roq ostida: Kevin Gameyro, Denis CHerishev (“Valensiya”).

BestMaster
7 Fevral 2020, 21:00
liga, real, barselona, safarda, atletiko, maydonida, oynaydigan, prevyusi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads