Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bugun yana bir yoshga ulg'aygan futbol qirollari

Bugun futbol olamining eng kuchli hujumchilari Krishtianu Ronaldu hamda Neymar tavallud ayyomini nishonlamoqda.

.
- Yuklab olish

SHu fursatdan foydalanib, ularning futbol olamidagi yo'li, o'yin uslubi, yutuqlari va shaxsiy hayoti haqidagi malumotlarni yodga olamiz.

Qahramonlarimizning bolaligi va oilasi haqida

Ronaldu

Krishtianu Ronaldu 1985 yilning 5 fevralida Portugaliyaning Funshal shahrida dunyoga kelgan. Yoshligida ota-onasi uni Ronni deb chaqirishgan. Otasi Joze Dinisha Aveyru oddiy bog'bon bo'lgan, onasi Mariya Doloresh Aveyru esa oshpaz bo'lib ishlagan. Krish oilada eng kichik farzand bo'lgan: akasi Ugu, opalari Elma va Lilian Katia. "Bolaligim qiyinchilikda o'tgan, ammo menga biror narsa etishmaganini eslolmayman, — yodga oladi Krishtianu Ronaldu. — Biz hech nimaga muhtoj bo'lmasligimiz uchun ota-onam tinim bilmay ishlashardi".

Ronalduning otasidan olgan ilk sovg'asi futbol to'pi bo'lgan (haligacha uni saqlab qo'ygan). Bolaligidagi eng sevimli mashg'uloti esa futbol o'ynash edi. Bazida futbol tufayli ovqatlanishni ham unutib qo'ygan, hattoki dars vaqtida oynadan oshib tushar va to'p tepish uchun qochardi. SHu sababli, maktabdagi baholari qoniqarsiz edi.

Krishtianu 8 yoshga to'lganida otasi Joze o'g'lini bolalar futbol jamoasi "Andorinya"ga beradi. Otasi shu klubda mamur bo'lib ham ishlagan. Jamoa prezidenti Run Santush shunday eslaydi: "Ronalduni ilk bor ko'rganimda, boshqalarga o'xshamasligi va noyob futbolchi bo'lib etishishini payqagan edim. Lekin barchasiga bunchalik tez erishadi deb hech ham o'ylamagandim". Jamoadagilar Krishtianuni "Abelinya" (portugalchadan tarjima qilinganda "ari" degan manoni bildiradi) deb chaqirishgan. "CHunki men kichkina edim, butun maydon bo'ylab yugurib yurardim, yana mayda qadamlar bilan. Ha kulguli, lekin hozir ham shunday yuguraman", — deydi futbolchi.

Neymar

Neymar 1992 yil 5 fevral kuni Braziliyaning Moji-das-Kruzis shaharchasida zargarlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi Neymar Santos avval futbolchi bo'lgan, o'g'li tug'ilgan payti zargarlik buyumlarini sotish bilan shug'ullangan. Onasi Nadin Santos uy bekasi bo'lgan. Neymarning bitta singlisi bor — Rafaella.

O'g'li tug'ilganidan so'ng oila San-Visentiga ko'chib ketadi. Neymar ulg'aygan sari sportga mehr qo'ya boshlaydi. Otasi uning birinchi ustozi bo'ldi va futbolning sir-asrorlarini "Barselona"ning bo'lajak forvardiga o'rgata boshladi. 2003 yil Neymar "Santos" bolalar akademiyasiga qabul qilindi va oila yana yashash joyini o'zgartirishga majbur bo'ldi: Santos shahriga ko'chib borishdi. Yosh futbolchining noyob o'yin uslubi etakchi klublar qiziqishiga sabab bo'ldi. Natijada Neymar 12 yoshida Pireney yarim orollari tomon yo'l oldi: bu erda futbolchi malum muddat Madridning "Real" klubi akademiyasida shug'ullandi, ammo yakunda yana Santosga qaytib bordi.

O'yin uslubi

Ronaldu — atlet, chaqmoq kabi tez, ikki oyoq bilan ham ajoyib tepa oladigan, yakka kurash sanatini qoyilmaqom darajada bajaradigan futbolchi. Fergyuson aytganidek, har qanday bahsda Ronaldu 2-3 marta qulay vaziyatga ega bo'lishiga ishonavering, chunki u hammadan tez yugura oladigan va eng balandga sakray oladigan o'yinchidir. Agar insonning barcha fazilatlarini umumlashtiradigan bo'lsak, u holda Ronaldu — sayyoramizning eng mukammal futbolchisidir. Ha, 35 yosh bo'lishiga qaramay, hamon to'purarlar poygasida etakchilardan biri bo'lib kelayotgani bejizga emas, nazarimizda.

Lekin portugaliyalik to'p bilan ishlash borasida Neymarga imkoniyatni boy beradi, ayniqsa dribling borasida. Krishtianu tezlikni oshirib, o'zini to'pga otib, bo'sh zona izlagan vaqtda unga etadigani topilmaydi, go'yo. Xuddi uni hech kim to'xtata olmaydigandek... Raqib himoyasi zich harakat qilib, unga umuman erkinlik qoldirmasa, o'zini noqulay his qila boshlaydi. Neymar o'yini esa xuddi sohildagi romantikaga o'xshaydi. Uch raqibni aldab o'tish, to'pni ehtiyotkorlik bilan oyoq orasidan olib o'tish, nihoyatda qiyin vaziyatdan chiqa olish — braziliyalik o'yinchi bularning barini alo darajada uddalaydi. SHu bilan birga, ajoyib tarzda sheriklarining keskin harakatini yaxshi his qila oladi.

Ochig'ini aytganda, futbol olamida qay biri kuchli degan mavzuda tinimsiz bahslashish mumkin. Har kimning sevimli o'yinchisi o'zi uchun eng zo'ri. Asosiysi, Ronaldu va Neymarning kuchli xislatlari ular o'ynaydigan jamoaga juda ham mos keladi.

Neymar erishgan yutuqlar

"Barselona"Ispaniya chempioni: 2014/15, 2015/16Ispaniya Kubogi sohibi: 2014/15, 2015/16, 2016/17Ispaniya Superkubogi sohibi: 2013UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi: 2014/15UEFA Superkubok sohibi: 2015Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati g'olibi: 2015

"Pari Sen-Jermen"Franciya chempioni: 2017/18, 2018/19Franciya Kubogi sohibi: 2017/18Franciya Superkubogi sohibi: 2018

Braziliya termasiOlimpiya chempioni: 2016Konfederaciyalar Kubogi sohibi: 2013

SHaxsiy sovrinlarBraziliya chempionatining eng yaxshi hujumchisi: 2010, 2011, 2012Braziliya Kubogining eng yaxshi to'purari: 2010Janubiy Amerika yoshlar chempionatining eng yaxshi to'purari: 2011Libertadores Kubogining eng yaxshi o'yinchisi: 2011Braziliya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi: 2011Libertadores Kubogining eng yaxshi to'purari: 2012Janubiy Amerikada yil futbolchisi: 2011, 2012Konfederaciyalar Kubogining "Oltin to'p" sohibi: 2013"Oltin samba" mukofoti sohibi: 2014, 2015, 2017

"Barselona"ning 600 va 1000-gollari muallifiUEFA CHempionlar Ligasining eng yaxshi to'purari: 2014/15UEFA CHempionlar Ligasining pley-off bosqichidagi eng yaxshi o'yinchisi: 2014/15

RekordlariLibertadores Kubogi va UEFA CHempionlar Ligasi tarixida xet-trikka erishgan futbol tarixidagi birinchi o'yinchi (2013/14)"Barselona"ning UEFA CHempionlar Ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik muallifi

Ronaldu erishgan yutuqlar

"Sporting" (Lissabon)Portugaliya Superkubogi sohibi: 2002

"Manchester Yunayted"Angliya chempioni: 2006/07, 2007/08, 2008/09Angliya Kubogi sohibi: 2003/04UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi: 2007/08Angliya Superkubogi sohibi: 2007Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati g'olibi: 2008

"Real Madrid"Ispaniya chempioni: 2011/12, 2016/17Ispaniya Kubogi sohibi: 2010/11, 2013/14UEFA CHepmionlar Ligasi g'olibi: 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18UEFA Superkubogi sohibi: 2014, 2017Ispaniya Superkubogi sohibi: 2012, 2017Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati g'olibi: 2014, 2016, 2017

"Yuventus"Italiya chempioni: 2018/19Italiya Superkubogi sohibi: 2018

Portugaliya termasiEvropa chempioni: 2016UEFA Millatlar Ligasi g'olibi: 2018/19

SHaxsiy sovrinlariFrance Football versiyasiga ko'ra, "Oltin to'p" sohibi: 2008, 2016, 2017FIFA "Oltin to'p" sohibi: 2013, 2014"Oltin butsa" sohibi: 2008, 2011, 2014, 2015FIFA versiyasiga ko'ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi: 2008, 2016, 2017Evropa chempionatining eng yosh o'yinchisi: 2004UEFA CHempionlar Ligasining eng yaxshi o'yinchisi: 2008Italiyada yil futbolchisi: 2019UEFA CHempionlar Ligasining eng yaxshi to'purari: 2008, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018

Evropa chempionatining eng yaxshi to'purari: 2012Angliya Premer-ligasining eng yaxshi to'purari (APL "Oltin butsa"si): 2008Portugaliyaning xorijda o'ynaydigan eng yaxshi o'yinchisi: 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2013"Manchester Yunayted"ning 1000-goli muallifi (2005 yil 29 oktyabr kuni "Midlsbro"ga qarshi bahsda)"Manchester Yunayted"da mavsumning eng chiroyli goli mukofoti sohibi: 2008, 2009Marca o'quvchilari versiyasiga ko'ra, Evropadagi eng foydali o'yinchi: 2012/13

RekordlariEvropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar: 9ta golEvropa chempionati saralash bosqichlaridagi eng yaxshi to'purar: 25ta golPortugaliya termasi tarixidagi eng yaxshi to'purar: 93ta golO'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Portugaliya termasi rekordchisi: 160 o'yinEvropa chempionatlaridagi urilgan gollar soni bo'yicha Portugaliya termasi rekordchisi: 9ta golKlublar o'rtasidagi Jahon CHempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar: 7ta golUEFA CHempionlar Ligasi va Evropa Kubogi chempionatlarida bir mavsum ichida urilgan gollar soni bo'yicha rekordchi: 17ta gol (2013/14)UEFA CHempionlar Ligasining bir mavsumida guruh bosqichida urilgan gollar soni bo'yicha rekordchi: 11ta golUEFA CHempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi eng yaxshi to'purar: 65ta gol

"Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi to'purar: 450ta golBir mavsum ichida urilgan gollar soni bo'yicha "Real Madrid" rekordchisi: 61ta golMadrid derbisi tarixidagi eng yaxshi to'purar: 21ta golKetma-ket uch marta FIFA to'plarini qo'lga kiritgan yagona o'yinchi: bronza (2007), kumush (2009), oltin (2008)Ispaniya chempionatida bir mavsum ichida amalga oshirilgan xet-triklar soni bo'yicha rekordchi: 8ta xet-trikUEFA CHempionlar Ligasi tarixida ketma-ket 11 uchrashuvda gol urgan yagona o'yinchiUEFA CHempionlar Ligasining bitta mavsumida amalga oshirilgan xet-triklar soni bo'yicha rekordchi: 3ta xet-trik

SHaxsiy hayot

Ronaldu

Krishtianuning shaxsiy hayoti mish-mish va g'iybatlarga to'la. U ilk bor 2001 yil braziliyalik futbolchi Mario Jardelaning singlisi  Jordana bilan uchrashib yurgan. Ammo Krish Tumanli Albionga ketganidan so'ng ular o'rtasidagi muhabbat o'z nihoyasiga etgan. Ronalduning suyuklilari orasida ispaniyalik model Nereida Galyardo ham bor. Leticiya Filippi, Peris Xilton, Irina SHeyk... Ro'yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Ammo keling Ronnining haqiqiy muhabbatiga to'xtalamiz. 2016 yil noyabr oxirlarida Ronalduning hayotida ispaniyalik model Jorjina Rodriges paydo bo'ldi, u portugaliyalikdan 10 yosh kichkina.

2017 yil iyunda futbolchining muxlislari Krishtianu Ronalduning egizak farzandlari tug'ilganidan xabar topishdi. Ularning ismi Metyu va Eva. SHu yilning noyabrida esa sportchi to'rtinchi bor ota bo'lgani malum bo'ldi. Uning sevgilisi Jorjina Rodriges qiz farzand ko'rdi va uning ismini Alana-Martina qo'yishdi.

Neymar

Neymarning zaif tomoni — chiroyli qizlar.

Neymarning suyukli qizi bo'lish juda oson: buning uchun Braziliyada yashash (negadir u vatandoshlari bilan uchrashishni afzal ko'radi), ommaviy sohada ishlash (model, aktrisa yoki bloger, yagona istisno holat — advokat Elizabet Martines) va chiroyli qomatga ega bo'lish.

Qizlar braziliyalikka tasir ko'rsatmaydi, aksincha ular dekorativ vazifani bajaradilar: o'yinchining instagram sahifasiga ajoyib suratlar joylanishiga sababchi bo'ladilar. Uning xonimlarga nisbatan samimiy tuyg'ulari bormi yoki ularni faqat navbatdagi atribut sifatida qabul qiladimi, bu bizga qorong'u. Neymar deyarli har yili qiz dugonasini almashtiradi, qolaversa vaqt kamligi tufayli ular bilan juda kam uchrashadi. SHunga qaramay, Neymar yagona sevgilisi bo'lishi, bir ayol turmush qurib, umrbod u bilan baxtli hayot kechirishni orzu qilishini tan olgan: "Men suyukli ayolimni uchratishni, unga uylanib farzandli bo'lishni istayman. Bu haqida do'stlarimga ham juda ko'p aytaman", — degan edi braziliyalik "SporTV"ga bergan intervyusida.

Neymarning hayotida o'chmas iz qoldirgan qiz Karolina Dantas bo'ladi: 2011 yil (Neymar 19 yoshda edi) u o'g'il farzand ko'radi. Hozir Luka 9 yoshda. Bolakay onasi bilan Braziliyada yashaydi. Neymar oyda bir marta farzandi bilan uchrashib, u bilan vaqtini o'tkazishga harakat qiladi. Neymarni g'amxo'r ota sifatida ko'rishga o'rganmaganmiz, biroq u o'g'lini rostdan ham yaxshi ko'radi: "Luka uzoqda ekani meni qiynaydi. U bilan deyarli har kuni telefon orqali gaplashishga harakat qilaman", - degan edi Neymar.

Kimgadir Krishtianu Ronaldu yoqadi, kimdir esa Neymar o'yinlarini ko'rib zavqlanadi. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, ular ulkan iqtidor sohiblari ekani va futbol tarixida o'ziga yarasha o'chmas iz qoldirayotganlari ayni haqiqat. Yana bir bor ularni tavallud ayyomlari bilan tabriklab, faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz.

Nozima Zaripova tayyorladi

BestMaster
5 Fevral 2020, 09:00
bugun, yana, yoshga, ulgaygan, futbol, qirollari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Роналду га омад
5 Fevral 2020, 10:40
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads