Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Fati vs Rodrigo-Yovich-Vinisius: kim ko'proq gol urdi?

«Barselona» hujumchisi Ansuman Fati Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yinda (2:1) ikkita gol urdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» hujumchisi Ansuman Fati Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo'lib o'tgan «Levante»ga qarshi o'yinda (2:1) ikkita gol urdi. Shu tariqa, 17 yoshli futbolchining ushbu mavsumdagi La liga doirasidagi gollari soni 4taga etdi.

E'tiborli tomoni, «Real»ning yosh hujumchilari — Vinisius Junior, Luka Yovich va Rodrigo Goes birgalikda 4ta gol urishgan. Rodrigo o'z hisobiga 2ta gol yozgan bo'lsa, qolgan ikki futbolchi bittadan gol muallifiga aylanishgan.

Ma'lumot o'rnida. Ansu La liganing ushbu mavsumida 13ta o'yinda ishtirok etib, maydonda umumiy hisobda 582 daqiqa harakat qildi. U har 145 daqiqada bitta gol urmoqda.

Vinisius va Yovich «Real» futbolkasida 14ta o'yinda ishtirok etishgan bo'lsa, Rodrigo Ispaniya chempionati doirasida 12ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fati «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Real» esa Rodrigo uchun «Santos»ga 45 mln evro, Vinisius uchun «Flamengo»ga 45 mln evro hamda Luka Yovich uchun «Ayntraxt»ga 60 mln evro pul to'lagan.

BestMaster
3 Fevral 2020, 21:30
rodrigo-yovich-vinisius, koproq, urdi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads