Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: Tanaffusdan so'ng...

Nechanchi o'yinki ikkinchi bo'limni o'zgartirib yuborishi bilan Zidan bahsni saqlab qolyapti.

.
- Yuklab olish

Nechanchi o'yinki ikkinchi bo'limni o'zgartirib yuborishi bilan Zidan bahsni saqlab qolyapti. Birinchi bo'limdagi "Real" va tanaffusdan keyingi "Real" - katta farq. Ko'rdingiz, a!

Zidan avvalo shogirdlarining holatini tushunib etmoqda. "Atletiko" tanaffusga qadar o'yinni nima uchun nazorat qila olganini tahlil qila olyapti va 46-daqiqani ikki vinger bilan boshlamoqda.

Markazdan hech ham ma'nili qarorlar ulasha olmagan Isko va Kross olinib, o'rniga Lukas va Junior tushirildi (o'sha payti uzoqroq planda Simeone ko'zlarini qisgancha qarab turgani e'tiborimni tortdi).
 
Qirollik klubi qanotdan uyushtirilgan hujumlari evaziga raqibni sochib yubordi. Ayniqsa, ikki yildan beri o'ynamayotgan Vrsalkoning muammolari shundan so'ng yuzaga chiqdi.

Mendi+Vinisius Benzemaga yuviler uzatma taqdim etishdiki, Karim nihoyat gol urdi. "Valensiya"ga urilgan o'sha 95-daqiqadagi golidan so'ng u tabloda porlamayotgandi.

Gap golda emas, Benzema nima uchun o'sha joyda paydo bo'ldi? Sababi oddiy - qanot futbolchilari o'yinni zimmalariga olishdi va nominal hujumchi o'z ishini bajarishga tushdi.

Zidan yaqinda xuddi shunday og'ir bo'limdan so'ng Kazemironi hujumga chiqarib, Lopetegini dog'da qoldirgandi.

Keyin "Valyadolid" burchak zarbasidan gol qabul qildi. Xarakter qutqarib qoldi, dersiz, yo'q, faqat xarakter emas. Sal oldinroq Nachoga alohida ko'rsatma bo'lganini ispaniyalik hamkasblarimiz izlab topishgan.

Zidan har o'yinga yangi nedir ulashmoqda. Taktik o'zgarishlari ish berib engib olyapti.

Menimcha, frantsiyalik maestroga Setenning tashrifi boshqacharoq ta'sir o'tkazgan ko'rinadi. "Barselona"ga taktik qarashlari kuchli murabbiy keldi, bunday payt hamma Madrid tomonlarga qaraydi, Zidan nima qilarkan, deyishadi.  Murabbiyona qarashlari qo'zg'ab ketdi, shekilli...

Xullas, imzo yaqqol ko'zga tashlanyapti.

Oldingi o'yin bilan solishtirganimizda, faqat bir o'xshashlik bor -  Valverde o'yinning eng yaxshisi. Bo'ldi.

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
2 Fevral 2020, 00:30
xayrulla, hamidov, maqolasi, tanaffusdan, song,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Зур чиқибди мақола
2 Fevral 2020, 03:37
 _Turkmenistan_  
Omad REALim omad
2 Fevral 2020, 08:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads