Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Madrid derbisida g'alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi Madrid derbisi yakuniga etdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi Madrid derbisi yakuniga etdi. «Real» o'z uyida «Atletiko»ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda jamoalar nisbatan ochiq o'yin namoyish qilishdi. Simeone shogirdlari tomonidan uyushtirilgan kuchli pressing qiyin ahvolga solib qo'ydi. Natijada "matraschilar" ikkita golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Vitoloning zarbasini Kurtua qaytargan bo'lsa, Korrea darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda ustunni nishonga oldi.

Tanaffusga qadar esa "Real"ning ikkita xavfli vaziyatini Ramos yuzaga keltirdi. Uning oyoq bilan yo'llagan zarbalariga aniqlik etishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa Zidan birdaniga ikkita o'zgarishni amalga oshirib, jamoasining o'yinini o'zgartirib yubordi. Vinisius va Lukas Vaskesning tushirilishi qanotlardagi faollikni oshirib yubordi.

Buning oqibatida mezbonlar 56-daqiqada hisobni ochishdi. Vinisius chap qanotdan aniq uzatma bilan Mendini oldinga chorladi. Himoyachining chiroyli uzatmasini Benzema darvozaga joylab qo'ydi.

Qolgan daqiqalarda maydon egalari faol o'yin namoyish qilib, "Atletiko" deyarli imkon qoldirmadi.

Shu tariqa, "Real" o'z ochkolarini 49taga etkazib, yaqqol peshqadamlikni saqlab qoldi.

Ispaniya La ligasi, 22-tur
"REAL MADRID" - "ATLETIKO MADRID" - 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 56 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Mendi, Ramos, Varan, Karvaxal, Kazemiro, Modrich, Isko (Vaskes, 46), Kroos (Vinisius Junior, 46), Valverde, Benzema.
Atletiko – Oblak, Lodi, Felipe, Vrsalko, Savich, Saul, Lorente, Vitolo (Ferreyra Karrasko, 71), Tomas (Kamelo, 74), Korrea, Morata (Lemar, 50).
Ogohlantirishlar: Felipe (66), Vrsalko (80), Mendi (83), Kazemiro (88).

BestMaster
1 Fevral 2020, 22:00
liga, «real», madrid, derbisida, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Гап йуқ олға реал
1 Fevral 2020, 22:03
 magnifico  
Real bu real qolgani material
2 Fevral 2020, 10:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads