Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidovdan anons: Yon qo'shnilar jangi

Mahalla kattagina. Lekin hammaning e'tibori ikki qo'shniga qaratilgan.

.
- Yuklab olish

Mahalla kattagina. Lekin hammaning e'tibori ikki qo'shniga qaratilgan. Biri o'ta boy. Ikkinchisi o'rtacha. Ko'chaga chiqdim desa urishaverishadi. Gohida unisi yutadi, gohida bunisi. Mahalla ahli – tomoshabin.

Ularning bu qadar ko'p janjallashishlariga sabab – kurashlar natijasi turfa xilliligida. Hech kim oldindan bilmaydi kim engishini.

Yaqinda ular hatto Saudiya Arabistoniga borib kelib ham janjallashib qaytishdi. Odamlar butkul boshqa niyat bilan boradigan mamlakatdan shunday taassurot bilan qaytish... bilmadim.

Yosh qo'shnilarning bolalari o'rtasida ham nuqul janjal. Chunki ularning otalari shunday. Bir-birini ko'rdim deguncha asabiylashishadi. Qizig'i, mahallaning bir burchagidagi (aslida “bu mahallaga aloqam yo'q deydigan”) o'ziga to'q xonadon shularning jangini boshqacha kuzatadi. Tabiiyki, o'rtaholiga yon bosib. Ur-ho-ur, deb hayqiribam turadi.

Xullas, bugun hamshaharlar jangi:
Derbi Madrileno...
20:00da, Uzreport kanalida.

Ayni paytda “Real” birinchi o'rinda va eng kam gol o'tkazib yuborgan klub. “Atletiko” ham qolishmaydi – bir gol ko'p o'tkazgan, xolos. Himoyasi kuchli jamoalar o'rtasidagi bahs.

Saudiyada o'tgan Superkubok finalida ko'rdik bu himoya qo'rg'onlarini: 120 daqiqalik golsiz kurash...

“Santyago Bernabeu”da bu safar jamoalar ozgina ochilibroq o'ynashsa kerak. Har holda, o'rtaga kubok tikilmagan. Bor-yo'g'i ochkolar.

Birga kuzatamiz!!!

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
1 Fevral 2020, 09:00
xayrulla, hamidovdan, anons, qoshnilar, jangi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 _Turkmenistan_  
Omad REALim omad
1 Fevral 2020, 14:41
 halamadrid2  
har ikkala jamoaga ham omad yor bo'lsin. olg'a ustoz ZIZU BIZ SENGA ISHONAMIZ
1 Fevral 2020, 16:22
 nachofernandes  
Junior Bugun Xetrik Qayt Ettadi Inshaolloh
1 Fevral 2020, 17:53
 u7777u  
Реал мадрид га омад олға
1 Fevral 2020, 17:55
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads