Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Jamoa ketma-ket ikkinchi bor finalga chiqqani bilan tabriklanishi kerak.

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasining yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Atlético de Madrid - Real Madrid

"Biz "qazishimiz" kerakligini bilgandik, ayniqsa dastlabki daqiqalardan. Raqib o'yinni juda yaxshi boshladi. Lekin birinchi bo'limni oxirgi 15 daqiqasida biz o'z futbolimizni o'ynay boshladik, Karim, Kroos va Isko esa golni tashkillashtirdi. BIz tanaffusdan so'ng yanada yaxshi o'ynay boshladik. Biz finalga chiqqanimizdan xursandmiz va o'yinchilar bilan faxrlanaamiz. Bu juda uzoq yo'l va butun jamoa ketma-ket ikkinchi yil finalga yo'l olgani bilan tabriklanishi kerak.

"Atletiko" ikkinchi qavatdagi to'plarni yutgan va  bizga bosim o'tkazgan holda o'yinni kuchli boshlashdi. Ular burchak to'pidan biz hushyor bo'lmagan holatimizda gol urishdi, keyin esa penaltidan foydalanishdi. Biz "qazishimiz"ga to'g'ri kelishini, lekin yana agar biz xotirjamlikni saqlasak va sabr-qanoatli bo'lsak, bizda vaziyatlar bo'lishini bilgan edik. Biz o'z futbolimizni o'ynay boshladik, Isko esa doimgidek raqibni ranjitgan holda chiziqlar oralig'ida o'ynadi. BIz juma kunidan boshlab diqqatimizni yakshanba kuni bo'ladigan "Sevilya"ga qarshi o'yinga qaratamiz".

"Yuventus"

Bu o'zgacha qarama-qarshilik bo'ladi, chunki bu klub ham mening futbolchilik faoliyatimda muhim rollardan birini o'ynagan. Men "Yuvnetus"ga menga ko'p narsani bergan klub sifatida qarayman. Hozir men "Real Madrid" jamoasi murabbiyiman, mening hayotim jamoasi va bu o'zgacha final bo'ladi. Ular ham finalga borishga loyiq va bu ajoyib final bo'ladi. Ketma-ket ikkinchi yil final - bu har birimizni qattiq mehnatimiz mahsuli. Bizda hali ligada 3 ta muhim o'yin bor va keyin biz final haqida o'ylaymiz".

Karim Benzema

"Biz o'yin oxirida gaplashdik va men undan burchakdan qanday qilib chiqib ketganini so'radim. U o'ziga u qadar ishonchi komil emasdi, lekin bu bizga gol urishga yordam berdi".

Ikki final

"Men ikki marta ketma-ket finalga erishganimdan xursandman. Men murabbiyman. Bu bizni yaxshi ishlayotganimizni anglatadi, lekin bu o'ta yaxshi ishlaydigan jamoa. Har biri ishonchga loyiq, ba'zi qismi menga tegishli, lekin katta qismi jamoa mas'uliyatiga tushadi. Ular yuguradigan, kurashadigan, ishlaydigan, azob chekadigan va yutuqlarga erishish uchun qo'lidan keladiganini qiladiganlardan. Biz hammamiz xursandmiz, lekin biz hali hech nima yutmadik".

Isko

"U o'zini xususiyatlari bilan chiziqlar orasida o'ynagan holda bizni bugungi o'yindagi rejamizda muhim qismi edi. Birinchi bo'limni oxirgi 10-15 daqiqasida biz o'z ritmimizni topmiz, ikkinchi bo'limda esa undan ham yaxshiroq o'ynadik.. U katta xissa qo'shdi, Karim Benzema va Krishtianu ham".

Beyl

"U tiklanmoqda va finalga tayyor bo'lishi uchun vaqt bor. Men umid qilamanki, u oldinroq tayyor bo'ladi va biz bilan ko'proq vaqtini o'tkazadi. U o'ynagan vaqti biz bundan ham yaxshiroq jamoa bo'lamiz".

Modrich

"Hamma yaxshi o'ynadi va Luka to'p bilan muomala qilishda hotirjamligi bilan ajralib turadi. U ajoyib. U hech qachon asabiylashmaydi. Uning tajribasi bizning o'yinimizni markazi bo'ldi. Har kim o'zini yo'lida xissasini qo'shishdi".

 

BestMaster
12 May 2017, 13:59
zidan, jamoa, ketma-ket, ikkinchi, finalga, chiqqani, bilan, tabriklanishi, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
ramos
 ramos  
tabriklaymin tabriklaymiz tabriklaymiz
12 May 2017, 14:41
 modrij  
Hammani bir ko'zday ko'radi...
13 May 2017, 09:10
 modrij  
Zidanga omad...
13 May 2017, 09:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads