Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mavsum kashfiyotlari

.
- Yuklab olish

Bu mavsumda bir nechta futbolchilar ko'z o'ngimizda o'sib borishmoqda. Ularning o'yinlari kundan-kunga yaxshilanib, o'zlari mashxur bo'lib borishmoqda. Bugun ana shunday yigitlarning ayrimlariga to'xtalib o'tamiz.

Federiko Valverde

Madrid jamoasida yangi yulduz etishib chiqayotganidan xabaringiz bor. Superkubok uchrashuvida Morataga qarshi ishlatgan qo'polligi bilan jamoaga sovrin yutishga qarashib yuborgan yarim himoyachi mavsumning chinakam kashfiyotiga aylandi.  Mavsum boshida Zidan yangi o'yin uslubini o'ylab topmaguniga qadar “Real” tinmay ochko yo'qotavergani hammaga ayon. Zidan o'ylab chiqqan o'yin sxemasida Valverdening tutgan o'rni beqiyos. U butun markaz bo'ylab qora ishlarni bajaribgina qolmay,  hujumlarga ham faol qo'shilishni uddalamoqda. Zidanning aytishicha, urugvaylik yarim himoyachi vaziyatlardan foydalanishdagi muammolarini bartaraf etsa, unga teng keladigan yarim himoyachi sayyoramizda bo'lmaydi. Darhaqiqat, “Real Madrid” u bilan yangi shartnoma tuzgach, Federikoning badal pulini 750 million evroga ko'tarib qo'ydi.

Ashraf Hakimi

“Real”ning barcha yoshdagi jamoalarida to'p surgan futbolchi ijara asosida Dortmundda to'p surayotganidan xabaringiz bor. “Qirollik klubi”dagi ilk marokashlik futbolchi chakki o'yin ko'rsatmagan bo'lsada, hech kimning e'tiborini tortishni uddalay olmadi. Hakimi uchun Bundesligaga yo'l olish hayotidagi eng omadli qaror bo'lib chiqishini ko'pchilik tahmin ham qilmagan bo'lsa kerak. Qahramonimiz ikki mavsumdan beri “Borussiya”da muhim figuralardan bo'lib turibdi. Uni goho o'ng qanot himoyasida yoki chap qanot vingeri sifatida maydonda ko'rishga ko'nikib ham qoldik. Universal va jismonan baquvvat himoyachi davom etayotgan mavsum davomida barchamizning ko'z o'ngimizda o'sib bormoqda. Himoyachi uchun 6 ta gol va 6 ta assist chakki natija emas. Bundan tashqari, Ashraf tezlik borasida ham uncha munchasini ortda qoldirib ketishga qodir. Himoyachi bu borada dekabr oyida Bundesliga rekordini o'rnatishga ham ulgurdi. “Leyptsig»ga qarsh uchrashuvda ashraf soatiga 36 kilometr tezlikda yugurishga muvaffaq bo'ldi. “Borussiya” klubida Ashrafni sotib olish huquqi bor, biroq “Real” o'z himoyachisni qo'ldan chiqarib yuborarmikan?

Lautaro Martines

2018 yilning yozida “Inter” tomonidan 25 million evroga sotib olingan argentinalik hujumchi haqida ko'pchilik avval eshitmagan edi. Ikardining jamoadan ketishi va Kontening “Inter” tepasiga kelishi Lautaro uchun yangi hayot boshlanishidan darak berdi. Taqdir taqdim etgan imkoniyatni yo'qqa chiqarmagan hujumchi bu mavsumda top darajaga ko'tarilishga muvaffaq bo'ldi. Bugungi kunga kelib Lukaku vs Martines tandem deyarli har bir uchrashuvda gol kiritishni uddalamoqda. Ayni damda argentinalik hujumchining hisobida 15 ta gol mavjud. Tezkor, tehnikasi yuqori va so'nggi zarbasi bor 22 yoshli hujumchining sovchilari ko'payishi tabbiy. Olimpiyachilarimizni tajribasizlik qilishdi deb bahona qilayotgan chog'imizda, ulardan kichik Lautaro dunyoni zabt etmoqda. Ayni damda “ko'k-qora”lar hujumchini 90 million evroga ham “Barselona”ga sotishmadi. Argentina terma jamoasi safida 2019-yilda 8 ta gol kiritgan hujumchining deyarli kuchsiz jihatining o'zi yo'qdek go'yo. Uning bugungi kunda shartnomasidagi badal puli 111 millionni tashkil etadi, biroq tez orada yangilanishi kutilayotgan shartnomada bu summa yanda kattalashishi aniq.

Meyson Maunt

Angliya terma jamoasi safida so'nggi 60 yil ichida gol kiritgan eng yosh futbolchi haqida bundan bir mavsum ilgari hech kim eshitmagan ham edi. “Derbi”dagi o'yinlari bilan Frenk Lempardning e'tiborni tortgan futbolchi zamonaviy “Chelsi”ning yangi Lempardiga aylanib bormoqda. Yaqindagina 21 yoshga to'lgan yarim himoyachi markazda universal. U hujumchi ortida, qanotlarda va kerak bo'lsa tayanch zonasidagi muammolarni ham bartaraf etishga qodir. Qisqacha qilib aytganda, mavsumning yana bir kashfiyotlaridan biri!

Adama Traore

Barchaning ko'z o'ngida yugurishdan boshqasiga yaramaydigan atlet sifatida gavdalangan Traore “Vulverhempton” safida o'zining ikkinchi yoshligini o'tkazmoqda. Nunu Santush qo'l ostida o'z  imkoniyatlarni yo'qotmagan holda jamoaviy futbolchiga aylangan ispan(aslida Mali davlatidan) APLni zabt etishda davom etmoqda. “Barselona” tarbiyalanuvchisi avvalari ikkita futbolchidan o'tib ketgach, nima qilishni bilmay qoladigan futbolchi emas. Endilikda u qanotlarda hujumga muhim tempni beruvchi etakchilardan biriga aylanib bormoqda. Jismoniy imkoniyatlaridan unumli foydalanayotgan vinger bu mavsumda qayta kashf etilmoqda. U kiritgan gollardan 3tasi “Manchester Siti” darvozasidan joy olgani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagani aniq. 9 ta golli uzatma egasi ko'z oldimizda tobora atletdan taktik futbolchiga aylanib bormoqda.

BestMaster
27 Yanvar 2020, 23:00
mavsum, kashfiyotlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 Lukas  
Qoyil Fedriko Valverde Tovon Puling 750mln Evro Seni Dunyoning Hech Qanday Klubi Sotib Olish Narida Tursin Oldingdan Otiwdan Qorqadi.
28 Yanvar 2020, 06:36
 cris7iano  
Bizdan 2 kishi bor ekan
28 Yanvar 2020, 13:36
 u7777u  
Реал келажаги валверде ва ашраф
28 Yanvar 2020, 13:42
 224455  
Haqiqiy fakt, Valverdi kelajak yulduzi shak shubhasiz
28 Yanvar 2020, 14:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads