Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Isyonkor, shu bilan birga kuchli iste'dodga ega murabbiy – 57 yoshda!

.
- Yuklab olish

Joze Mourinyu boshqa murabbiylardan ajralib turuvchi jihatlari ko'p.

Undan uyog'iga prof futbolchi bo'lmagan, lekin o'zida murabbiylik talantini sezayotgan barcha uchun Joze misol bo'lib qoladi. Ana Mourinyu erishdiku, deb turaverishadi. Shundan boshlangandir balki uning “the special one” - takrorlanmas deb atalishi.

Ronaldu-Messi erasida murabbiy tugul boshqa super talantli futbolchilar ham yulduz darajasida tan olinishi qiyin edi. Joze uddaladi. Boyagi o'zga sayyoraliklar kabi media-shaxs sifatida omma e'tiborida bo'ldi.

Uning matbuot anjumanlari klassikaga aylangan. Ha, darvoqe klassika deganga, Mourinyu - Gvardiola davridagi el klasikolar sal bo'lmasa dunyoni ikkiga bo'lib qo'yardi.

Futbol psixologiyasi uning nomi bilan sinonim. Boshqalar zo'rg'a gapini o'tkazadigan Materatstsi, Pepe kabi kallakesarlarni jang maydoniga chiqib u uchun jon taslim qilishga majbur qila olardi.

Mana shunday isyonkor, shu bilan birga kuchli iste'dodga ega murabbiy. Joze Mourinyu bugun 57 yoshga to'libti, tabriklaymiz!

Davron Fayziev

 

BestMaster
26 Yanvar 2020, 14:30
isyonkor, bilan, birga, kuchli, istedodga, murabbiy, yoshda!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads